Karimova Gavhar Murodjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlari», 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ss262.
Ilmiy rahbar: Kuranbaev Kaxramon Kuchkarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, PhD/03/30.12.2021/Ss/Tar.21.02. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlar doktori, professor; Qosimova Zilola G‘ulomiddin qizi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy munosabatlari dinamikasini ochib berish va Yaponiya-O‘zbekiston o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlari mintaqada tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanishni ta’minlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik, mintaqalararo integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi tashqi siyosiy strategiyalari bilan uyg‘un ekanligi ochib berilgan; 
Markaziy Osiyoda geosiyosiy jarayonlarning faollashuvi sharoitida Yaponiya va mintaqa mamlakatlari o‘zaro munosabatlarida “CA+J” muloqot formatini mintaqada geosiyosiy manfaatlar muvozanatini ta’minlovchi ko‘p tomonlama hamkorlikning markaziy platformasi sifatidagi rolini faollash-tirish hamda geostrategik imkoniyatlarni amalga oshirish zarurati asoslangan;
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ishtirokini ta’minlovchi “Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak” dasturini “ODA+” formatida qayta shakllantirish orqali madaniy-gumanitar diplomatiya bilan muvofiqlashtirish zarurati asoslangan;
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish mintaqa mamlakatlariga kreditlar, grantlar, iqtisodiy va texnologik yordam ko‘rsatish, infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish, intellektual muloqot, inson resursini rivojlantirish,  madaniy aloqalar kabi ko‘pvektorli “yumshoq kuch” mexanizmlarini qo‘llashga qaratilgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy manfaatlari mintaqada tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanishni ta’minlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik, mintaqalararo integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan tashqi siyosiy strategiyalari bilan uyg‘unligi borasidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining sohaga oid me’yoriy, axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022 yil 26 apreldagi 08/14110-son ma’lumotnomasi). Takliflarni Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi geosiyosati bilan bog‘liq ilmiy-tahliliy materiallarning salmog‘i ortishiga, o‘zaro manfaatli hamkorlikka oid normativ-huquqiy, shartnomaviy bazasining boyitilishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda geosiyosiy jarayonlarning faollashuvi sharoitida Yaponiya va mintaqa mamlakatlari o‘zaro  munosabatlarida “CA+J” muloqot formatini mintaqada geosiyosiy manfaatlar muvozanatini ta’minlovchi ko‘p tomonlama hamkorlikning markaziy platformasi sifatidagi rolini faollashtirish hamda geostrategik imkoniyatlarni amalga oshirish borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida soxaga oid ilmiy-amaliy materiallar, axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2021 yil 29 martdagi 01/298-son dalolatnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari va xulosalar Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot formatini faollashtirish, O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish bo‘yicha sohaga oid ilmiy-tahliliy materiallar salmog‘ining ortishiga, amaliy takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan; 
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ishtirokini ta’minlovchi “Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak” dasturini “ODA+” formatida qayta shakllantirish orqali madaniy-gumanitar diplomatiya bilan muvofiqlashtirish zarurati borasidagi xulosalardan Markaziy Osiyo xalqaro institutida mavzuga oid tahliliy xujjatlar, ilmiy-amaliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan  (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2022 yil 4 fevraldagi 01/02-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yaponiyaning mintaqa mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorligining yangi vektori shakllanishiga yo‘naltirilgan ilmiy-tahliliy, amaliy hamda axborot ma’lumotlari bazasining kengayishiga, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarining belgilanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish mintaqa mamlakatlariga kreditlar, grantlar, iqtisodiy va texnologik yordam ko‘rsatish, infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish, inson resurslarini rivojlantirish,  intellektual muloqot, madaniy aloqalar kabi ko‘pvektorli “yumshoq kuch” mexanizmlarini qo‘llashi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida soxaga oid ilmiy-amaliy materiallar, axborot-tahliliy hujjatlar hamda mavzuga oid hisobotlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2021 yil 29 martdagi 01/298-son ma’lumotnomasi). Takliflar Markaziy Osiyo va Yaponiya munosabatlari o‘zaro manfaatli va teng huquqlilik asosida qator sohalarda – siyosat, iqtisodiyot, fan-texnika, ijtimoiy hamkorligiga taalluqli ilmiy-axborot materiallari salmog‘ining ortishiga, tahliliy materiallarni ishlab chiqilishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish