Raximova Muattara Abdusattarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning xalqaro  huquqiy aspektlarini takomillashtirish», 12.00.10 –Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu24. 
Ilmiy maslahatchi: Adilxojaeva Surayyo Maxkamovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/30.12.2019/ Tar/Yu/I/S/24.01
Rasmiy opponentlar: Inomjon Ibragimovich Boboqulov, yuridik fanlar doktori; Feruza Farxadovna Eshmatova, yuridik fanlar doktori, dotsent; Irkin Mirzaxidovich Umaraxunov, yuridik fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning xalqaro huquqiy aspektlariini ochib berish va xalqaro mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlatlararo mintaqaviy hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda uzoq muddatga mo‘ljallangan mintaqaviy strategik hamkorlik hujjatini qabul qilish orqali qo‘shma iqtisodiy zonalarni tashkil etish, investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish, raqamli iqtisodiyotni va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, transport-kommunikatsiya hamda Markaziy Osiyo mintaqasi tranzit salohiyatini oshirish kabi masalalarni hal etish asoslab berilgan;
xalqaro mintaqaviy hamkorlik sohasini rivojlantirishda «ahdlashuvchi tomon» (xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirishi yoki kirmasligidan qat’i nazar, ushbu xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan  sub’ekt) tushunchasini tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qo‘llash va qonunchilikda belgilash zarurati asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorligini strategik darajaga olib chiqishda xalqaro tashkilotlar bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni kelishish orqali mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini ilgari surish asoslab berilgan;
xalqaro mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan xalqaro standartlarga muvofiq «xalqaro tashkilot», xalqaro mintaqaviy hamkorlik sohasida «xalqaro iqtisodiy hamkorlik», «tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari», «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot bilan xalqaro shartnomasi» tushunchalariga mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan va qonunchilikda belgilash asoslab berilgan;
davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘p taraflama xalqaro huquqiy tartibga solish orqali mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqur anglagan holda, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikni murakkablashtiradigan davlatlarning tanlangan rivojlanish modellari, milliy qonunchiligi, tashqi iqtisodiy faoliyat maqsadlariga yondashishdagi farqlarini hisobga olishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tutgan o‘rni ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning xalqaro huquqiy aspektlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
qo‘shma iqtisodiy zonalarni tashkil etish, investision hamkorlikni kengaytirish, raqamli iqtisodiyotni va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, transport-kommunikatsiya hamda Markaziy Osiyo mintaqasi tranzit salohiyatini oshirish kabi sohalarni qamrab olgan holda uzoq muddatga mo‘ljallangan mintaqaviy strategik hamkorlik hujjatini qabul qilish orqali davlat mintaqaviy hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ning 94-maqsadini «Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish» ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 4/32-1/575-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida mavjud hamda shakllanayotgan xalqaro mintaqaviy xamkorlikning turli shakl va turlarini tartibga solish imkoniyati yaratilgan;
xalqaro mintaqaviy hamkorlik sohasini rivojlantirishda «ahdlashuvchi tomon» (xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirishi yoki kirmasligidan qat’i nazar, ushbu xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan sub’ekt) tushunchasini tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qo‘llash va qonunchilikda belgilash zarurati asoslab berilgan xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevralda yangi tahrirda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi O‘RQ-518-sonli Qonunining 4-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 10/1-758-son dalolatnomasi). Natijalar ushbu xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasini rivojlantirishga yordam beradi hamda mazkur hamkorlikda xalqaro tashkilotlar ishtirokining tutgan o‘rnini ko‘rsatishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorligini strategik darajaga olib chiqishda xalqaro tashkilotlar bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash orqali mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini ilgari surish asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevralda yangi tahrirda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi O‘RQ-518-sonli Qonunining 4-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 10/1-758-son dalolatnomasi). Bu esa xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan birga, xalqaro tashkilotlar miqyosida hamkorlik aloqalarining faollashuviga, ularning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
muallifning tushunchalarini aniqlashtirish bo‘yicha takliflari «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot bilan xalqaro shartnomasi» tushunchasiga berilgan ta’rifdan hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevraldagi yangi tahrirda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi O‘RQ-518-sonli Qonunining xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish, foydali aloqalar o‘rnatish va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish haqidagi takliflardan 4-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 10/1-758-son dalolatnomasi); «xalqaro tashkilot» tushunchasiga berilgan mualliflik ta’rifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevralda yangi tahrirda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi O‘RQ-518 Qonunining 4-moddasini «xalqaro tashkilot — o‘zining ta’sis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning sub’ekti bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot» tushunchasi bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 10/1-758-son dalolatnomasi). Bu esa Qonunning 4-moddasida mazkur sohadagi davlat siyosatining yo‘nalishlarini xalqaro standartlarga mos ravishda aniq belgilashga xizmat qilgan; 
mintaqaviy tashkilotlar doirasida O‘zbekiston milliy manfaatlarini faol ilgari suruvchi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, madaniy-ijtimoiy, sayyohlik, ekologiya sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro huquqiy maslahatlashuvning hamkorlik shakllarini qo‘llab-quvvatlash asoslab berilgan xulosalardan yangi tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi O‘RQ-77-II-sonli Qonunning 9, 10-moddalariga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 12 oktyabrdagi 4/42-5-6771-son dalolatnomasi). Natijalar «xalqaro iqtisodiy hamkorlik», «tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari» tushunchalarining mohiyatini to‘liq yoritishga hamda ushbu hamkorlikda xalqaro tashkilotlar ishtirokining o‘rnini ko‘rsatishga, mintaqaviy miqyosda hamkorlik aloqalarining faollashuviga, ularning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘p taraflama xalqaro huquqiy tartibga solish orqali mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqur anglagan holda, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikni murakkablashtiradigan davlatlarning tanlangan rivojlanish modellari, milliy qonunchiligi (xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish jarayonining bosqichlari, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning javobgarligi), tashqi iqtisodiy faoliyat maqsadlariga yondashishdagi farqlarini hisobga olishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tutgan o‘rni ochib berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ning 93-maqsadini «Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli sub’ekt sifatidagi rolini oshirish» ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 4/32-1/575-son dalolatnomasi) va . O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevralda yangi tahrirda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi O‘RQ-518-sonli Qonunining 18-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 10/1-758-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida mavjud hamda shakllanayotgan xalqaro mintaqaviy xamkorlikning turli shakl va turlarini tartibga solish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish