Mardonova Lobar Umaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dessertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muhammad Alining Ulug‘ saltanat roman-tetrologiyasidagi obrazlarning badiiy poetik talqini”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1420.
Ilmiy rahbar: Abdulhamid Xolmurodov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Termiz davlat universiteti.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ernazarova Gulnoza Hamraevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasida obraz poetikasiga doir nazariy qarashlar, davr va qahramon muammosi, yozuvchi dunyoqarashi va qahramon tabiati, tarixiy manbalarda Amir Temur va uning romandagi obrazi, tetralogiyada badiiy psixologizm va ijtimoiy-psixologik tip masalasi hamda milliy adabiyotdagi istiqbol tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Ulug‘ saltanat» tetralogiyasida davr va qahramon har doim biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalar ekanligi, ularning til, qadriyat, an’ana, mentalitet bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
tetralogiyada obrazlar xolislik va samimiylik asosida ishlanganligi, muallif voqelikning bilvosita kuzatuvchisiga aylanganligi, siyosiy, ijtimoiy, insoniy munosabatlarning murakkab dialektikasini aks ettirganligi dalillangan;
tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning asar bosh g‘oyasini ochib berishdagi ahamiyati va inson fe’l-atvori tushunarsiz, bir-biriga zid, o‘zini o‘zi inkor qiluvchi ekanligi, hayotda yuz beradigan voqealar vaziyat va ruhiyat bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
tetrologiyada Qutlug‘ Turkon oqa va Gavharshodbegim obrazlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima uyg‘unlashtirilganligi, Shodimulkxotunning taqdiri tragik obraz sifatida ijtimoiy-siyosiy muhit bilan aloqadorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Alining Ulug‘ saltanat roman-tetrologiyasidagi obrazlarning poetik talqini mavzusidagi tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
tetrologiyada Qutlug‘ Turkon oqa va Gavharshodbegim obrazlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima uyg‘unlashtirilganligi, Shodimulkxotunning taqdiri tragik obraz sifatida ijtimoiy-siyosiy muhit bilan aloqadorligi aniqlanganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur jamoat fondi tomonidan 2015-2021 yillarda amalga oshirilgan «Sohibqiron Amir Temur qomusi» mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur jamoat fondi 2021 yil 04 noyabrdagi 04-14-son ma’lumotnoma). Natijada tetralogiyasidagi tarixiy obrazlar, Amir Temur va uning farzandlari, romandagi ayollar obrazi haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarning bugungi kun uchun ham ahamiyatli bo‘lgan jihatlarini ko‘rsatish imkonini bergan;.
tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning asar bosh g‘oyasini ochib berishdagi ahamiyati va dramatik obrazlarning ijtimoiy-siyosiy muhit bilan aloqadorligi inson fe’l-atvorining tushunarsiz, bir-biriga zid, o‘zini o‘zi inkor qiluvchi ekanligi, hayotda yuz beradigan voqealar vaziyat va ruhiyat bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining 4-bandi hamda O‘zR Prezidentining 2021 yil 12 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida davlat tilining qo‘llanishini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi F-5676-son farmoyishi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2021 yil 12 noyabrdagi 30-11-28-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatli bo‘lgan jihatlarini ko‘rsatishga erishish imkonini bergan;
Muhammad Ali tetralogiyada har qanday badiiy asarning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan eng asosiy omil hisoblangan xolislik va samimiylik asosida ish ko‘rib, voqelikning bilvosita kuzatuvchisiga aylanib, siyosiy, ijtimoiy, insoniy munosabatlarning murakkab dialektikasini badiiy aks ettirishi ochib berilganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» va «O‘zbekiston tarixi» telekanallarining «Ochiq dars» nomli ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 01-40-1831-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmunining mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlash imkonini bergan.