Isaev Faxriddin Ikromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq tahlili metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit va 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt238.
Ilmiy konsul`tant: Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq tahlili metodologiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchilarni soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavfiga qarab «yuqori xavf», «o‘rta xavf» va «past xavf» toifalariga ajratish tartibi taklif etilgan;
«Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi»dagi soliq bazasi bo‘yicha 0101, 0102-satr va soliq bazasini kamaytirish summasi to‘g‘risidagi
0201, 0202-satr ma’lumotlarini qisqartirish asoslangan;
alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish orqali moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan soliq to‘lovchilarni soliq majburiyatlarini bajarishida soliqdan to‘liq yoki qisman ozod qilish taklif etilgan;
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soliq yukini soliq to‘lovlarni mahsulotni sotishdan sof tushumga nisbati orqali aniqlash metodikasi asoslangan;
inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali soliq xavflarini aniqlash, tahlil qilish va uning asosida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq to‘lovchilarni soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavfiga qarab «yuqori xavf», «o‘rta xavf» va «past xavf» toifalariga ajratish tartibi bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
7 yanvardagi «Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida »gi
1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida» Nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 06/04-01-0137/1611-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida soliq to‘lovchining soliq xavfi darajasi natijalari asosida soliq tekshiruvlarini qaysi biriga to‘g‘ri kelishini soddalashtirib, ularning ish unumi o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan;
«Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi»dagi soliq bazasi bo‘yicha 0101, 0102-satr va soliq bazasini kamaytirish summasi to‘g‘risidagi
0201, 0202-satr ma’lumotlarini qisqartirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 2020-38-son qarori tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 20 oktyabrda 3221-1-son bilan ro‘yxatga olingan «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarorda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 06/04-01-0137/1611-son ma’lumotnomasi). Natijada soliq hisoboti shakllari soddalashtirilib, qisqartirilgan hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan hamda buxgalteriya hisobi va soliq hisobi bo‘yicha farqlar minimallashtirilgan;
alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish orqali moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan soliq to‘lovchilarni soliq majburiyatlarini bajarishida soliqdan to‘liq yoki qisman ozod qilish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 1 dekabrdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-652-son Qonuni bilan Soliq kodeksiga uchta moddadan iborat bo‘lgan yangi «Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish» nomli 72-bobda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 06/04-01-0137/1611-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida soliq imtiyozlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida nomutanosibliklar, ya’ni hukumat qarori va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi o‘zaro muvofiqlashtirilgan;
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soliq yukini soliq to‘lovlarni mahsulotni sotishdan sof tushumga nisbati orqali aniqlash metodikasini qo‘llash borasida bergan ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi «Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 9-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 06/04-01-0137/1611-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida soliq yuki ko‘rsatkichini iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hisoblashni osonlashtirib, uni ob’ektiv baholash imkonini bergan;
inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali soliq xavflarini aniqlash, tahlil qilish va uning asosida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 06/04-01-0137/1611-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida soliq to‘lovchilar faoliyatini baholashda soliq tekshiruvlarini aniqlashlashtirib olishning eng samarali usuli ishlab chiqilgan.