Dumaev Fayzulloxon Suvanxanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat protsessida amnistiya aktini qo‘llashning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish masalalari», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu120.
Ilmiy maslahatchi: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Dsc 32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tadjibaevna Al`bina Yuldashbaevna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida amnistiya aktini qo‘llashning protsessual mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud tomonidan hukm, ajrimni ijro etishda ko‘rib chiqiladigan hamda hukmni chiqargan sud hal qiladigan masalalar jumlasiga amnistiya aktini qo‘llashni kiritish, amnistiya aktini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lganda uni qo‘llash to‘g‘risidagi ariza sudgacha bo‘lgan istalgan bosqichida berilishi mumkinligi, amnistiya aktini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining arizasi hamda amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi taqdimnoma bilan prokurorga yuborish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar amnistiya aktini qo‘llashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda iltimos qilish huquqidan mahrum qilmasligi lozimligi kabi tartiblarni joriy qilish lozimligi taklif qilingan; 
amnistiya aktiga oid sud ajrimining qaror qismida prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va JPKning 83, 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish masalalarni hal etish masalasini aks ettirish lozimligi taklif qilingan;
amnistiya aktiga oid sud ajrimida prokurorning jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish hamda tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv yoki surishtiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini umumiy qoidalar bo‘yicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida masalalarni hal etishni aks ettirish lozimligi asoslantirilgan;
sudning ajrimiga amnistiya aktini qo‘llash haqidagi masala gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning himoyachilari, qonuniy vakillari tomonidan xususiy shikoyat berilishi va prokuror tomonidan xususiy protesti  tegishincha apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilishi lozimligi asoslantirilgan;
amnistiya ishi sudlarining sud`yasi bo‘lmagan yoxud iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sud`yasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishi asoslantirilgan;
amnistiya aktiga oid tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorga yuborish, amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani sudga kiritish to‘g‘risidagi masalaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqish, amnistiyaga oid sud majlisini yuritish va sud ajrimi tarkibiy elementlariga oid umumiy va yakunlovchi qoidalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
amnistiya aktiga oid sud ajrimining qaror qismida prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish masalalarni hal etishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 591-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 23 noyabrdagi 145-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi amnistiya aktini qo‘llashda sud ajrimida ko‘rsatiladigan masalalar doirasini kengaytirishga xizmat qilgan;
amnistiya aktiga oid sud ajrimining qaror qismida prokurorning jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish hamda tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv yoki surishtiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini umumiy qoidalar bo‘yicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida masalalarni hal etishga oid taklifdan Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunining 135-bandiga o‘zgartirish kiritish orqali O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 591-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 23 noyabrdagi 145-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi anistiya aktini qo‘llashda sud ajrimida ko‘rsatiladigan masalalar doirasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Sudning ajrimiga amnistiya aktini qo‘llash haqidagi masala gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning himoyachilari, qonuniy vakillari tomonidan xususiy shikoyat berilishi va prokuror tomonidan xususiy protesti tegishincha apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilishi lozimligiga oid taklifdan Jinoyat protsessual kodeksining 591-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 aprel` 06/1-06/1918-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi amnistiya akti bo‘yicha sud ajrimida ko‘rsatiladigan masalalarni kengaytirishga xizmat qilgan.
amnistiya ishi sudlarining sud`yasi bo‘lmagan yoxud iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sud`yasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishiga oid Jinoyat protsessual kodeksining 590-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 apreldagi 06/1-06/1918-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sud`yasi tomonidan, mazkur sudlarning sud`yasi bo‘lmagan yoxud iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishni ko‘ruvchi sud`yalar doirasini belgilab berish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan.
hukmni chiqargan sud hal qiladigan masalalar hamda sud tomonidan hukm, ajrimni ijro etishda amnistiya aktini qo‘llash masalasini ham ko‘rib chiqish, hukm, ajrim e’lon qilinib, u qonunniy kuchga kirgunga qadar, shuningdek hukm, ajrim qonuniy kuchga kirib,  u ijroga qaratilgunga qadar amnistiya akti qabul qilingan bo‘lsa hukm, ajrim chiqargan sud tomonidan amnistiya akti kuchga kirgandan boshlab 5 sutka ichida hal qilinishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining yangi loyihasining 648, 649, 655-moddalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  2022 yil 21 apreldagi 3/13-0635-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi amnistiya instituti qo‘llanish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
amnistiya aktini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lganda uni qo‘llash to‘g‘risidagi ariza sudgacha bo‘lgan istalgan bosqichida berilishi, amnistiya aktini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining arizasi hamda amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi taqdimnoma bilan prokurorga yuborish, jinoyat ishi yuritishni davom ettirish haqida so‘rovning ijrosi rad etilishi mumkin bo‘lgan holatlarga O‘zbekiston Respublikasida aynan shu jinoyat uchun amnistiya akti qo‘llanilgan yoki afv qilingan holda jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan bo‘lish holatini kiritish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar amnistiya aktini qo‘llashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda iltimos qilish huquqidan mahrum qilmasligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining yangi loyihasining 716, 768, 778, 779-moddalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  2022 yil 21 apreldagi  3/13-0635-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi amnistiya aktini qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish