Berdimuratov Elyor Xayrullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Topinambur navlarini etishtirishning ayrim agrotexnologiya elementlarini takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx753.
Ilmiy rahbar: Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Lukov Mamadali Kudratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamizda topinamburning yangi  navlaridan (Mo‘jiza, E’tirof) oziq-ovqat, farmatsevtika va ozuqabop yo‘nalishlarda foydalanishga qarab o‘stirish agrotexnologiyalarini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
topinamburning yangi Mo‘jiza, E’tirof navlaridan bir va ko‘p yillik foydalanishda o‘sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi va hosildorligi turli muddatlarda (oziq-ovqat uchun bahorda, em-xashak uchun kuzda) o‘rganilib, ekish sxemalari (90x35 va 60x30 sm) va tup son qalinligi (31,7-55,5 ming tup/ga)  asoslangan; 
ozuqabop maqsadlarda etishtirish (ko‘p yillik ekin (3 yil) sifatida foydalanilganda 1-yili tuganak va ko‘k massa hosili uchun o‘stirish, 2-yili ko‘k massa uchun yozda va kuzda o‘rim o‘tkazish, 3-yili ko‘k massa uchun ko‘p o‘rimli sudan o‘ti ekib 4-5 marta ko‘k massa olish) texnologiyalari ishlab chiqilgan;
Jizzax viloyati tuproq-iqlim sharoitida topinamburni E’tirof navini tuganak-silos yo‘nalishida erta bahorda ekish, N250P180K150 kg/ga me’yorda o‘g‘itlash hamda 6-8 marta sug‘orish asosida farmatsevtika sanoati uchun import o‘rnini bosuvchi sifatli xom ashyo olish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan.
topinambur navlarini  bahorda (oziq-ovqat),  va kuzda (em-xashak) 90x35 va 60x30 sm, 31,7-55,5 ming/ga tup qalinligida, Jizzax viloyati sharoitida  farmatsevtika sanoati uchun xom-ashyo sifatida etishtirishda iqtisodiy samaradorlik yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Topinambur navlarini etishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalar asosida:
“Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur navlaridan yuqori mo‘l va sifatli hosil etishtirishga oid tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 iyundagi 02/027-2331-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar fermer xo‘jaliklarida, chorvachilikka ixtisoslashgan klasterlarda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
topinambur navlarini o‘stirish texnologiyalarini takomillashtirish, ya’ni navlarni to‘g‘ri tanlash, ekish muddatlari (oziq-ovqat uchun bahorda, em-xashak uchun kuzda), qulay ekish sxemalari (90x35 va 60x30 sm, 31,7-55,5 ming/ga tup qalinligida), hosilni yig‘ishtirish, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati va ozuqabop maqsadlarda etishtirish (ko‘p yillik ekin (3 yil) sifatida foydalanilganda 1-yili tuganak va ko‘k massa hosili uchun o‘stirish, 2-yili ko‘k massa uchun yozda va kuzda o‘rim o‘tkazish, 3-yili ko‘k massa uchun ko‘p o‘rimli sudan o‘ti ekib 4-5 marta ko‘k massa olish) bo‘yicha tadqiqot natijalari Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlarida jami 46,9 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 iyundagi 02/027-2331-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida topinambur navlarini tuganak hosili 28,7-40,1 t/ga, ko‘k massasi bo‘yicha 56-72,3 t/ga, sof daromad 8-12 mln so‘m, rentabellik darajasi 30,7-92,4% gacha oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish