Ulugova Safargul Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dorivor mavrak (Salvia officinalis L.)ni turli tuproq–iqlim sharoitlarida etishtirish texnologiyasi”, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx599.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Umid Ismailovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Boboqul Yorqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirsharipova Guljaxon Kamalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy–tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tuproq–iqlim sharoitlarida dorivor mavrakning (Salvia officinalis L.) o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish, sug‘orish va o‘g‘itlash me’yori hamda muddatlarining dorivorlik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash, sifatli xomashyo etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda iqtisodiy samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dorivor mavrak o‘simligining turli ekish muddatlari va me’yorlarida, urug‘ko‘chat hamda qalamchalardan etishtirishda och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mineral o‘g‘it me’yorlari N90P60K40 kg/ga, sug‘orish ChDNS ga nisbatan tuproq namligi 70–80% bo‘lganda mavsumda 10 marotaba, barg hosildorligi 14260 kg/ga; tipik bo‘z tuproqlar uchun N60P60K40 kg/ga, sug‘orish ChDNS ga nisbatan tuproq namligi 60–70% bo‘lganda mavsumda 8 marotaba, barg hosildorligi 18556 kg/ga; to‘q tusli bo‘z tuproqlar uchun N60P60K40 kg/ga, sug‘orish ChDNS ga nisbatan tuproq namligi 50–60% bo‘lganda mavsumda 6 marotaba, sug‘orilganda uning o‘sishi, rivojlanishi, fazalarning o‘tishi yaxshilanib, barg hosildorligi 19273 kg/ga yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
mavrak o‘simligi och tusli bo‘z tuproqlarda barglar soni 4525 dona, barg sathi 17,5 sm2; tipik bo‘z tuproqlarda barglar soni 5204 dona, barg sathi 20,3 sm2; to‘q tusli bo‘z tuproqlarda barglar soni 4853 dona, barg sathi 19,4 sm2 oshishi aniqlangan;
dorivor mavrak o‘simligi sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda sharoitida gul hosildorligi 1973 kg/ga; sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda gul hosildorligi 3562 kg/ga; sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z tuproqlar uchun gul hosildorlik 3604 kg/ga olingan;
mavrak o‘simligini etishtirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanishning maqbul me’yori (N60P60K40, N90P60K40 kg/ga) barg chiqarganda, g‘unchalash va gullash davrlarida qo‘llanilganda mavrak bargidagi efir moylari me’yoriy miqdori 1,33–1,44% yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
dorivor mavrak o‘simligi barg va guli tarkibida flavonoidlar miqdori mg/100g (bargda – rutin 11,70–26,73; norvagenin 0,48–0,82; giperazid 0,67–1,50; gall kislota 44,28–50,67), (gulda – rutin 9,61–11,17; norvagenin 0,32–0,51; giperazid 0,91–0,99; gall kislota 45,51–58,52) borligi hamda bargda RR, S, V2, V12; gulida V2, V12 vitaminlar va qirqdan oshiq makro va mikro elementlar borligi isbotlangan;
mavrak o‘simligi urug‘ tarkibida yog‘ miqdori 14,1% borligi isbotlangan;
mavrak etishtirishda birgalikda qo‘llanilgan agrotexnologiyalarining iqtisodiy samaradorligi och tusli bo‘z tuproqlarda rentabellik nazoratga nisbatan barg – 51%, gul – 40%, urug‘ – 72%; tipik bo‘z tuproqlarda barg – 60%, gul – 70%, urug‘ – 68%; to‘q tusli bo‘z tuproqlarda barg – 63%, gul – 68%, urug‘ – 58% yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mavrak ko‘chatlariga qo‘llanilgan o‘g‘it va suv me’yorlarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha turli tuproq–iqlim sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
dorivor mavrak o‘simligini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N90P60K40 kg/ga, sug‘orish tartibining ChDNSga nisbatan 70–80% me’yorlari Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida 2,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 16 martdagi 03/21–1418–sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida mavrak o‘simligi bargi xomashyosi hosildorligi 1,5 barobarga oshgan va olingan daromad 497 200 so‘m/ga ni tashkil etgan;
mavrak o‘simligi ko‘chatlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N60P60K40 kg/ga, sug‘orish tartibining ChDNSga nisbatan 60–70% me’yorlari Botanika bog‘i tajriba maydoni sharoitida 0,025 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 30 dekabrdagi 4/1255–3650–sonli ma’lumotnomasi). Natijada barg xomashyo hosildorligini 1,6 barobarga va olingan daromad 647 560 so‘m/ga teng bo‘lgan;
mavrak ko‘chatlariga mineral o‘g‘itlarning N60P60K40 kg/ga, sug‘orish tartibining ChDNSga nisbatan 50–60% me’yorlari Toshkent viloyati, Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi “Chotqol” bo‘limida 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 16 martdagi 03/21–1418–sonli ma’lumotnomasi). Natijada barg xomashyosi hosildorligini 1,6 barobarga oshirgan va olingan daromad 672 655 so‘m/ga tashkil etgan.