Turaev Abrar Saloxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «AQSh neokonservatizm mafkurasining g‘oyaviy-siyosiy evolyusiyasi», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ss211.
Ilmiy rahbar: Muhammadsidiqov Muhammadolim  Muhammatroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Amanov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori; Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi  Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neokonservatizm mafkurasining yuzaga kelish sabablari va jamiyat siyosiy madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyaviy-siyosiy evolyusiyasi mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neokonservatizm mafkurasi g‘oyalarining integrativ, manipulyativ, o‘zgaruvchan va niqoblanish xususiyatlari hamda milliy manfaatlarning biryoqlama talqin etilishi turli tahdidlarga bardoshli davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyati qurishning mafkuraviy tamoyillariga zid ekanligi ilmiy asoslangan;
neokonservatizmdagi davlatchilik asoslarini mustahkamlash, fuqaroviy birdamlikni ta’minlash g‘oyalari mazmunining statik (turg‘un) va milliy manfaatlardagi xavfsizlik, madaniy-mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash vazifalari ustuvorligi asosida tatbiq etilishidagi dinamik (o‘zgaruvchan) va destruktiv xususiyatlari uning g‘oyaviy-siyosiy evolyusiyasini ochib beruvchi asosiy mezon ekanligi aniqlangan;
neokonservativ g‘oyalarning ikkiyoqlama standartlar asosida talqin etilishi, bir tomondan AQSh jamiyatida  mafkuraviy beqarorlik va milliy identitetga tahdidlarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomondan dunyoda ustuvorlikka erishish g‘oyalari ta’siri ortishiga sabab bo‘layotganligi ochib berilgan;
neokonservatizm mafkurasi ta’sirida shakllangan demokratiyani yoyish g‘oyalari tatbig‘i va jamiyatni beqarorlashtiruvchi xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ifodalangan xalqchil, o‘zaro manfaatli, konstruktivlik va pragmatizmga asoslangan mafkuraviy yondashuvlarga tayanish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
AQSh neokonservatizm mafkurasining g‘oyaviy-siyosiy evolyusiyasini o‘rganishga doir ilmiy-nazariy xulosalar asosida:
  neokonservatizm mafkurasi g‘oyalarining integrativ, manipulyativ, o‘zgaruvchan va niqoblanish xususiyatlari hamda milliy manfaatlarning biryoqlama talqin etilishi turli tahdidlarga bardoshli davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyati qurishning mafkuraviy tamoyillariga zid ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasining 5.4.“Tadqiqot ishlari bo‘yicha vazifalar” yo‘nalishining 98-bandi: “Dunyo siyosiy partiyalari” nomli qo‘llanma tayyorlash” bandi vazifalari ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik  partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 16 iyundagi 02/05-124-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining siyosiy-g‘oyaviy asosini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
neokonservatizmdagi davlatchilik asoslarini mustahkamlash va fuqaroviy birdamlikni ta’minlash g‘oyalari mazmunining statik (turg‘un) hamda milliy manfaatlardagi xavfsizlik, madaniy-mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash vazifalari ustuvorligi asosida mafkuraviy tatbiq etilishidagi dinamik (o‘zgaruvchan) va destruktiv xususiyatlari uning g‘oyaviy-siyosiy evolyusiyasini ochib beruvchi asosiy mezon ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan zamonaviy platforma sifatida vujudga kelgan O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan “Birlashish nuqtasi – Renessans” nomli media-dasturida belgilangan vazifalar ijrosida foydalanildi (O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasining 2022 yil 16 iyundagi I/500-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi faoliyatida mafkuraviy targ‘ibot ishlarini rivojlantirish, tizim birlashuv nuqtasi sifatida Renessans g‘oyasi va kontentini yaratishga qaratilgan vazifalar ijrosi uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
neokonservativ g‘oyalarning ikkiyoqlama standartlar asosida talqin etilishi, bir tomondan AQSh jamiyatida  mafkuraviy beqarorlik va milliy identitetga tahdidlarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomondan dunyoda ustuvorlikka erishish g‘oyalari ta’siri ortishiga sabab bo‘layotganligi ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan “Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2761-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar darslikning nazariy-metodologik asosini takomillashtirish va mavzularni yoritishda nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
neokonservatizm mafkurasi ta’sirida shakllangan demokratiyani yoyish g‘oyalari tatbig‘i va jamiyatni beqarorlashtiruvchi xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ifodalangan xalqchil, o‘zaro manfaatli, konstruktivlik va pragmatizmga asoslangan mafkuraviy yondashuvlarga tayanish zarurati asoslab berilganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid ”O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish”, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” 9-bandi ijrosiga qaratilgan o‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 iyundagi 02/02/1072in-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot ilmiy xulosalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda yoshlarda siyosiy ong va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarida foydalanishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish