Saidkulov Nuriddin Akramkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirish mexanizmlari», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ss234.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla Ergashevich, siyosiy fanlar doktori, professor; Turgunova Nasiba Tuychievna, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarning siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirishga ta’sir etuvchi mezonlarni aniqlash, davlat taraqqiyotida yoshlar ishtirokini yanada faollashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar siyosiy tafakkurini shakllantirishda qiziqishlari va tashabbuslarini rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash orqali davlat milliy manfaatlariga uyg‘un holda innovatsion-kreativ o‘sish imkoniyatlariga (iste’dod, iqtidor, qobiliyat) «shaxs-jamiyat-davlat» aloqadorligidan kelib chiqib yondashish ilmiy asoslangan;
yoshlarda siyosiy madaniyat, faol fuqarolik pozisiyasi nafaqat davlat, fuqarolik jamiyati va siyosiy partiyalarning hamkorlikdagi «oflayn» harakati, balki zamonaviy virtual «onlayn» imkoniyatlardan kengroq foydalanish orqali shakllantirish samarasi asoslantirilgan;
yoshlarning xulq-atvor va xohish-istaklarini davlat va jamiyatning milliy yuksaltirish yo‘lida xizmat qilishiga bog‘liq tarbiyalash hamda maqsadlarni belgilash yoshlardagi loqaydlik, milliy qadriyatlarni mensimaslik, kosmopolitlik omillarini oldini olishga xizmat qilishi ochib berilgan;
yoshlar muammolarni manzilli, samarali va istiqbolli hal etishda kompleks ilmiy prognozlar beruvchi «aql markazlari» faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ularda global va regional miqyosdagi siyosiy madaniyat va qadriyatlarni mustahkamlanishiga xizmat qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
yoshlar siyosiy tafakkurini shakllantirishda qiziqishlari va tashabbuslarini rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash orqali davlat milliy manfaatlariga uyg‘un holda innovatsion-kreativ o‘sish imkoniyatlariga (iste’dod, iqtidor, qobiliyat) «shaxs-jamiyat-davlat» aloqadorligidan kelib chiqib yondashish ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2019 yil 19 martda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida to‘rtinchi tashabbus ijrosini ta’minlash yuzasidan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanib kelinmoqda. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2022 yil 16 iyundagi 04-13/553 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari yoshlar bilan ishlash tizimini soddalashtirish, mavjud yoki ehtimoliy muammolarni hal qilish, strategik qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlar ishtirokini yanada oshirishga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlarda siyosiy madaniyat, faol fuqarolik pozisiyasi nafaqat davlat, fuqarolik jamiyati va siyosiy partiyalarning hamkorlikdagi «oflayn» harakati, balki zamonaviy virtual «onlayn» imkoniyatlardan kengroq foydalanish orqali shakllantirish samarasi asoslantirilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 16 iyundagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirishga oid amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘plab chora-tadbirlar, dastur va loyihalarning hamkorlik rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarning xulq-atvor va xohish-istaklarini davlat va jamiyatning milliy yuksaltirish yo‘lida xizmat qilishiga bog‘liq tarbiyalash hamda maqsadlarni belgilash yoshlardagi loqaydlik, milliy qadriyatlarni mensimaslik, kosmopolitlik omillarini oldini olishga xizmat qilishi ochib berilganligiga oid yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid «O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish, «Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari» g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari»ni tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 iyundagi 02/02/1073 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimizda ro‘y berayotgan voqealarga dahldorlik hissini shakllantirishga doir ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazishga hamda targ‘ibot jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
yoshlar muammolarni manzilli, samarali va istiqbolli hal etishda kompleks ilmiy prognozlar beruvchi «aql markazlari» faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ularda global va regional miqyosdagi siyosiy madaniyat va qadriyatlarni mustahkamlanishiga xizmat qilishiga oid ilmiy-amaliy taklif, tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy yil yanvar` oyida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan «2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar» dasturining ikkinchi bandi-yoshlarning turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida «Yangilanayotgan O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusida yoshlar o‘rtasida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 16 iyundagi 04-16-22-1774-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar yoshlar tafakkurida sog‘lom siyosiy bilimlarni xosil qilishga, sog‘lom siyosiy madaniyatga rioya qilish hamda ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalashga doir faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.