Qoyilova Mehriniso Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish metodikasi», 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2726.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib93.01 (Bir martalik Ilmiy kengash) 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Gulchehra Sharifboevna, pedagogika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deviant xulqli o‘smirlarda faoliyatli yondashuv asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deviant xulqli o‘smirlarni ijtimoiy-tarbiyaviy, tibbiy-sog‘lomlashtiruvchi loyihalarga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzi (o‘smir shaxsi aql-idroki, psixologiyasi va motivatsiyasi) ko‘nikmalarini shakllantirish shart-sharoitlari (aqliy, ruhiy, jismoniy va mehnat faoliyatining metodik muvozanati) aniqlashtirilgan; 
o‘smirlar muhitida deviant xulq (alkologizm, tamaki chekish, narkomaniya, vandalizm, grafitti) shakllarini o‘smirlarda deviant xulqni shakllanishiga sabab bo‘luvchi va undovchi hatti-harakatlarga qarshi ma’suliyatni oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy    chora-tadbirlar, o‘smirlar ongida deviant xulq shakllarini namoyon bo‘lishini oldini olish  hamda ruhiy barqarolik va muvozanatni shakllantirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalaridan foydalanish chora-tadbirlari, deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy institutlar, jumladan yoshlar jamoat tashkilotlarining  faoliyatini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar,  maxsus tibbiy, sotsiologik, pedagogik (o‘smirlar deviant xulqining monitoringi, test, o‘smirlarning  deviant xulqning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq axborot hamda irsiy kartalarini tuzish) tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar asosida  profilaktika qilish taklif etilgan; 
o‘smirlar xulq-atvorining ijtimoiy me’yorlardan og‘ishi shakllari (jinoyatchilik, qo‘rquv va vandalizm) va sabablari (oila va turmushdagi salbiy ta’sirlar, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar va ommaviy madaniyat)ni psixofiziologik asoslari orqali oiladagi ijtimoiy tarbiya vositasida o‘smirlar deviant xulq-atvorini oldini olishga yo‘naltirilgan axborot-didaktik ta’minot ishlab chiqilgan;
deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzi qirralari (ijobiy “Men” konsepsiyasi)ning yaxlit shakllanishi darajalari (yuqori, o‘rta va quyi) nazariy va empirik baholash mezonlari(reproduktiv, faoliyatli, produktiv va kreativ)ni aniqlash orqali o‘quv-tarbiya va oilaviy tarbiya jarayonida foydalanish yo‘llari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deviant xulqli o‘smirlarda faoliyatli yondashuv asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish metodikasi asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq qilingan:
deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari, amaldagi holati va zamonaviy yondashuvlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik shart-sharoitlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish metodikasini strategik rivojlantirishning mezonlarini takomillashtirishga oid tavsiyalardan jamoat salomatligi texnikumlarining 5.71.03.00- “Hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8p-z/397-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan tavsiyalar “Jamoada hamshiralik ishi”, “Tibbiy psixologiya”, “Kasbiy psixologiya”, “Kasb kasalliklari” kabi fanlarini o‘qitish mazmuniga singdirilgan;
deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda “Deviant xulqli o‘smirlarda sog‘lom turmush tarzi asoslari” o‘quv kursini amaliyotga joriy etish orqali rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8p-z/397-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashkil etilib, mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan salomatlik uchun xavfli omillardan o‘zini muxofaza qila oladigan, salomatlikni saqlashga yordam beradigan, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yarata oladigan barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shilgan;
o‘smirlar xulq-atvorining ijtimoiy me’yorlardan og‘ishi shakllari va sabablarini tasniflash, oiladagi ijtimoiy tarbiya vositasida o‘smirlar deviant xulq-atvorini oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish asosiy omillardan biri ekanligi 5.71.05.01-“Farmatsiya”, 5.71.01.01- “Fel`dsher-akusherlik”, 5.71.01.02-“Fel`dsher-laborantlik ishi” yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21255-son xulosasi). Natijada, taklif etilgan metodik tavsiyalar “Terapiyada hamshiralik ishi”, “Tibbiyot kasbiga kirish”, “Tibbiy psixologiya”, “Kasbiy psixologiya” kabi fanlarini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish