Mirzaev Xamid Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek sonetlarida milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlar”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil.1339.
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Abduxamid, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Umurov Hotam Ikramovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sabirdinov Akbarali G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek sonetlarida milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlarning badiiy ifoda tarzi hamda yangi an’analar bilan boyib borishini qiyosiy-tipologik, ilmiy-nazariy jihatdan asoslash, turkum, gulchambar hamda sonet-dostonlarning noan’anaviy talqinlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek sonetlarida milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlar insoniylik, sadoqat, burch, vafo kabi motivlarning janr imkoniyatida rivojlanishi dalillangan;
sonetlarning XX asrning 20-yillarida o‘zbek adabiyotida shakllanganligi, zamonaviy o‘zbek lirikasida mustahkam qaror topganligi, mazkur janr nazariyasiga oid kompozision tuzilish, qofiyalanish tartibi hamda ularning an’anaviy va noan’anaviy sonetlar tarkibidagi dostonga xos liro-epik xususiyatlari asoslangan;
janr xususiyatlarining takomillashuviga “Sonetlar gulchambari”dagi uslub individualligi, kompozision yaxlitligi, shoir mahorati hamda ruhiy-psixologik uyg‘unligiga erishish jarayoni ochib berilgan;
XX asr o‘zbek sonetnavis shoirlari Usmon Nosir, Barot Boyqobilov, Rauf Parfi, Faxriyor kabi ijodkorlar asarlarida metaforik birliklar, esxotologik tushunchalar jannat va do‘zax, o‘lim va hayot mohiyati hamda lirik xotimaning keskinligi kabilar qo‘llanilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida sonet janri tadrijiy taraqqiyoti, o‘zbek sonetlarida milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlarning badiiy ifodasi tadqiq etilishi asosida:
o‘zbek sonetlarida milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlar insoniylik, sadoqat, burch, vafo kabi motivlarning janr imkoniyatida rivojlanishi asosidagi qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F1-G002 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 25 apreldagi 208/1-son ma’lumotnomasi) Natijada, sonet janrining o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi, shakllanish bosqichlari, janr tabiatini o‘zida mujassam etgan yangi janrlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, takomilga erishishda janr genezisi va tadrijiy rivoji xususiyatlarining qoraqalpoq fol`klori bilan bog‘liqligi tekshirilgan, janrlar yuzasidan nazariy qarashlardan zarur o‘rinlarda foydalanilgan;
sonetlarning XX asrning 20-yillarida o‘zbek adabiyotida shakllanganligi, zamonaviy o‘zbek lirikasida mustahkam qaror topganligi, mazkur janr nazariyasiga oid kompozision tuzilish, qofiyalanish tartibi hamda ularning an’anaviy va noan’anaviy sonetlar tarkibidagi dostonga xos liro-epik xususiyatlari asosida adabiyotshunoslik tarixiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 18 avgustdagi 17.01/184-son ma’lumotnomasi). Natijada, sonet janrining o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi, shakllanish bosqichlarining XX asr qoraqalpoq adabiyotiga ta’siri, janr taraqqiyotidagi tajribalar va an’analarning qoraqalpoq adabiyotida rivojlantirilishi masalalari yuzasidan tahlillar amalga oshirilgan. B. Boyqobilov, R. Parfi, Faxriyor, M. Abdulhakim singari o‘zbek shoirlari ijodining qoraqalpoq shoirlari ijodiga ta’siri, sonet janrining qoraqalpoq she’riyatida tutgan o‘rnini tahlil va tadqiq etilishi masalalari doirasida o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
XX asr o‘zbek sonetnavis shoirlari Usmon Nosir, Barot Boyqobilov, Rauf Parfi, Faxriyor kabi ijodkorlar asarlarida metaforik birliklar, esxotologik tushunchalar jannat va do‘zax, o‘lim va hayot mohiyati hamda lirik xotimaning keskinligi haqidagi xulosalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi va radioeshittirishlar tahririyati tomonidan foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 martdagi 01-02/80-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy mulohazalar “Qadriyat”, “Adabiy muhit”, “Javondagi javohir” ko‘rsatuv va eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda xizmat qilgan. Ko‘rsatuv va eshittirishlarning rang-barang va ommaviyligi ta’minlangan.