Kuchkarova Xafiza Sherbabaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Frans Holer ijodida kichik janrlar poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil863.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet uli, filologiya fanlari doktori, dotsent.Sadiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (Dsc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat uzbek tili va adabieti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Frans Holer ijodida kichik janrlar poetikasining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
G‘arbiy Evropa adabiyotida kichik nasrning epik tur sifatidagi  alohida, ya’ni hikoya janrining mitti, kichik, o‘rta hajmli, yozuvchi Frans Holer ijodida kuzatilgan hikoyalarning yo‘l-yo‘lakay yozilgan hikoyalar, ritorik savolnoma tarzidagi hikoyalar kabi tiplarining spesifik xususiyatlari nemis, rus adabiyotshunosligining nazariy aspektlariga qiyoslangan hamda adabiy qirralarining bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlari aniqlangan;
Shveysariya adabiyotidagi kichik nasr adabiy turining shakllanish tarmoqlari, davrlararo rivojlanish bosqichlarining o‘zaro va o‘sha davrda ijod qilgan yozuvchilar ijodida ilgari surilgan g‘oyalar va davriy bosqichlarining farqli jihatlari va evolyusiyasi dalillangan;
Frans Holer kichik hikoyalarining badiiyati, estetik funksiyalari jahon  adabiyotshunosligida tutgan yuksak ahamiyati  shakl va mazmun, syujet va kompozisiya, obrazlar galereyasining xilma-xilligi kabi adabiy masalalar bilan aloqadorlikda ochib berilgan;
Frans Holer hikoyalarining poetikasi, o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy nemis hikoyachiligidagi mavqei, jumladan, kichik hikoyalarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, badiiy-falsafiy salmog‘i ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy Shveysariya adabiyoti taraqqiyoti va Frans Holer ijodini tahlil qilish jarayonida qo‘lga kiritilgan natija va xulosalar asosida:
G‘arbiy Evropa adabiyotida kichik nasrning epik tur sifatidagi  alohida spesifik xususiyatlari nemis, rus adabiyotshunosligining nazariy aspektlariga qiyoslangan holda tavsiflangan hamda adabiy qirralarining ilmiy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekistondagi Gyote institutida 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan “Zamonaviy nemis va nemiszabon adabiyotiga nigoh” xalqaro loyihani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Gyote instituti 2022 yil 15 martdagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis va nemiszabon adabiyotining yorqin namoyondalari ijodi o‘rganildi va zamonaviy badiiy matnlar tahliliga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Frans Holer kichik hikoyalarining badiiyati, estetik funksiyalari jahon adabiyotshunosligida tutgan yuksak ahamiyati shakl va mazmun, syujet va kompozisiya, obrazlar galeriyasining xilma-xilligi kabi adabiy masalalar bilan aloqadorligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Foreign languages” telekanalidagi „Zamonaviy g‘arb adabiyoti va tarjima” va “Ustoz” ko‘rsatuvlarida foydalanildi. Natijada tomoshabinlarning taniqli shveysar yozuvchisi, usta hikoyanavis Frans Holer haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlariga, mutolaaga muhabbat va madaniy yakdillikning tarbiyaviy madaniy ta’sirini  oshirishga erishilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Foreign languages” kanalining 2022 yil 22 apreldagi 02.06-757-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis va nemiszabon adabiyotining yorqin namoyondalari ijodi o‘rganildi va zamonaviy badiiy matnlar tahliliga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Frans Holer hikoyalarining poetikasi, o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy nemis hikoyachiligidagi mavqei,  jumladan, kichik hikoyalarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari,  badiiy-falsafiy salmog‘i, ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq haqidagi ma’lumotlardan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatiga berilgan Davlat granti 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” doirasida bajarilgan “O‘zbekiston ziyoratgohlari va muqaddas qadamjolari” katalogini yaratishda foydalanilgan (“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 2022 yil 25 apreldagi 86-son ma’lumotnomasi). Natijada katalog materiallarining nemis tiliga tarjimasida germenevtika prinsipidan matnlar izohi bo‘yicha nazariy material sifatida foydalangan holda, Frans Holer sayohatnoma-hikoyalarida keltirilgan muqaddas qadamjolar tasviridan orqali loyihaning amaliy ahamiyati oshishiga erishilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish