Erlapasov Narziqul Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tog‘ daryolarining er osti suvlari hisobiga to‘yinishi xususiyatlari», 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Gr156.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘yinishiga ko‘ra turli tiplarga mansub bo‘lgan tog‘ daryolari oqimining hosil bo‘lishiga er osti suvlarining qo‘shgan hissalarini miqdoriy baholash va ularning mazkur manbadan to‘yinishi xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘yinish manbalari turlicha (qor-yomg‘ir, qor, qor-muzlik va muzlik-qor suvlari) bo‘lgan daryolarning yillik oqimiga er osti suvlarining qo‘shgan hissalari absolyut (m3, km3) va nisbiy (%) qiymatlarda baholangan;
daryolarning, suv rejimi fazalarining kam suvli, toshqin va to‘linsuv davrlarida, er osti suvlaridan to‘yinishi xususiyatlari (to‘la, qisman) aniqlangan;
muzlik-qor va qor-muzliklardan to‘yinuvchi daryolar oqimiga er osti suvlarining qo‘shgan hissalarini baholash usuli takomillashtirilgan va uning kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida bajariladigan grafo-analitik usuli takomillashtirilgan;
daryolarning xarakterli (kam, o‘rtacha, ko‘p suvli) yillardagi oqimiga er osti suvlari qo‘shgan hissalarining ular havzalarining o‘rtacha balandliklari (Ho‘rt)ga bog‘liqligi aniqlangan, ushbu bog‘lanishlarning regressiya tenglamalari olingan;
daryolarning er osti suvlaridan shakllangan oqimi miqdorlari bilan iqlimiy omillar (t, 0C; X, mm) orasidagi ko‘p hadli bog‘lanishlar statistik baholangan, ularning empirik tenglamalari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tog‘ daryolarining er osti suvlari hisobiga to‘yinishi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘yinish manbalari turlicha (qor-yomg‘ir, qor, qor-muzlik va muzlik-qor suvlari) bo‘lgan daryolar oqimiga er osti suvlari qo‘shgan hissalarining miqdoriy qiymatlaridan “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Er usti suvlari” bo‘limidagi “Daryolarning to‘yinish manbalari”, “Daryolarning o‘rtacha ko‘p yillik oqimi” kartalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 19 fevraldagi 02-10-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolarning turli suv rejimi fazalari (toshqin, to‘linsuv, kam suvli) suv resurslarini yanada aniq baholashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
suv rejimi fazalarining kam suvli, toshqin va to‘linsuv davrlarida daryolarning er osti suvlaridan to‘la yoki qisman to‘yinishini aniqlash imkonini beradigan miqdoriy qiymatlaridan “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Er usti suvlari” bo‘limidagi “Daryolarning o‘rtacha oylik minimal oqimi” kartasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 19 fevraldagi 02-10-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolarning to‘yinishida er osti suvlari ustuvor bo‘lgan, ya’ni mejen davri oqimini miqdoriy baholashda talab etiladigan gidrologik hisoblashlarni tezkor amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
muzlik-qor va qor-muzliklardan to‘yinuvchi daryolar oqimiga er osti suvlarining qo‘shgan hissalarini baholashning grafo-analitik usulidan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida shu tipdagi daryolar yillik oqimiga er osti suvlarining qo‘shgan ulushlarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 2 martdagi 01-15/229-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolar havzalari er osti suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
daryolarning xarakterli (kam, o‘rtacha, ko‘p suvli) yillardagi oqimiga er osti suvlari qo‘shgan hissalarining ular havzalarining o‘rtacha balandliklariga bog‘liqligini ifodalovchi regressiya tenglamalaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida suvlilik darajasi turlicha bo‘lgan yillarda daryolar oqimiga er osti suvlari qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissalarini aniqlashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 2 martdagi 01-15/229-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam, o‘rtacha va ko‘p suvli yillarda daryolar oqimiga er osti suvlarining qo‘shgan hissalarini tez va aniq baholashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
daryolarning er osti suvlaridan shakllangan oqimi miqdorlari bilan iqlimiy omillar (t, 0C; X, mm) orasidagi ko‘p hadli bog‘lanishlarning statistik tahlillar asosida olingan empirik tenglamalaridan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida daryolarning yozgi-kuzgi va qishki kam suvli, ya’ni mejen davrlarida shakllanishi mumkin bo‘lgan oqimi miqdorlarini aniqlashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 2 martdagi 01-15/229-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryolarda kam suvli, ya’ni mejen davrlarida er osti suvlaridan shakllanadigan oqimi miqdorlarini hisoblash hamda prognozlashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.