Zuparova Zulfiya Axror qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya (Echinaceae purpurea L.) er ustki qismidan quruq ekstraktini va dori shaklini olish texnologiyasi», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far.61.
Ilmiy rahbar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy to‘q qizil exinatseya xomashyosidan immunomodullovchi ta’sirga ega quruq ekstrakt va uning asosida shamcha dori shakli texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda o‘stirilgan to‘q qizil exinatseya xomashyosi asosida poliekstraksiya usulida quruq ekstrakt olishning mo‘’tadil sharoitlari aniqlangan;
to‘q qizil exinatseya quruq ekstraktining sifat me’yorlari aniqlangan;
mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya quruq ekstraktining immunomodullovchi farmakologik ta’siri va xavfsizligi aniqlangan;
to‘q qizil exinatseya quruq ekstrakti asosida immunomodullovchi ta’sirga ega shamcha dori shakli texnologiyasi ishlab chiqilgan;
quruq ekstrakt asosidagi shamchalarning sifat me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya (Echinaceae purpurea L.) er ustki qismidan quruq ekstraktini va dori shaklini olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«To‘q qizil exinatseya quruq ekstrakti substansiyasi» uchun vaqtincha farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2021 yil 19 noyabrdagi 29/01-776-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi samarali immunomodullovchi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida to‘q qizil exinatseya quruq ekstraktining spesifik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, immunomodullovchi ta’sirga ega dorivor substansiyani ishlab chiqarish imkonini bergan;
to‘q qizil exinatseya quruq ekstrakti uchun tajriba sanoat reglamenti «SHARQ DARMON» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 03878-4442888261-2022). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida immunomolullovchi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.