Jumaev Fazliddin Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy Qizilqum gerpetofaunasi antropogen ta’siri sharoitida», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B163.
Ilmiy rahbar: Shernazarov Elmurod Shernazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Jaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Jabborov Abdurashid Raimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-G‘arbiy Qizilqumning tabiiy va o‘zgargan landshaftlarida, antropogen omillar ta’sirida gerpetofaunaning hozirgi holatini baholash, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubi-g‘arbiy Qizilqum tabiiy va madaniy landshaftlar gerpetofaunasi tur tarkibi, biotopik taqsimlanishi, zichligi hamda mavsumiy son dinamikasining zamonaviy holati baholangan;
gerpetofaunaning 7 turini (Phrynocephalus reticulatus, Crossobamon eversmanni, Tenuidactylus caspius, Teratoscincus scincus, Eremias grammica, Lytorhynchus ridgewayi va Echis carinatus) arealining kengligi va 4 turini (Pelophylaxri ridibunda, Ablepharus deserti, Natrix tessellata va Spalerosophis diadema) yangi yashash joylarini o‘zlashtirganligi aniqlangan;
yashil qurbaqani Bufotes viridis cho‘l sharoitida reproduktiv xususiyatlari ochib berilgan;
noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hamda ovlanadigan turlar kadastri ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubi-g‘arbiy Qizilqum gerpetofaunasi antropogen ta’siri sharoiti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sudralib yuruvchilarning 26 turidan yig‘ilgan 110 nusxa reptiliya namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi 4/1255-2474-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar gerpetofauna kolleksiyasi fondini boyitish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga va Xalqaro qizil ro‘yxatga kiritilgan reptiliyalarning noyob turlarini saqlash, yovvoyi hayvon turlaridan barqoror foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11 yanvardagi 02-02/8-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, gerpetofauna resurslardan barqaror foydalanish uchun kvota tarkibi va hajmini shakllantirish imkonini bergan;
o‘rmon fondi erlarida gerpetofaunani saqlash va uning resurslardan barqaror foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 9 martdagi 05/21-1170-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon fondi erlarida gerpetokompleksni saqlash va barqaror foydalanish imkonini bergan.