Usmanalieva Zumrad Uktamovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Imidazol hosilalari bo‘lgan antigel`mint dori vositalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Far.30.
Ilmiy maslahatchi: Zulfikarieva Dilnoza Alisherovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Ma’sudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Shukirbekova Alma Boranbekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdullabekova Viloyatxon Nurillabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: imidazol hosilalari bo‘lgan antigel`mint dori vositalari (al`bendazol, mebendazol, medamin, levamizol) bilan zahaplanish holatlapining nazapiy jihatdan asoslangan sud-kimyo va kimyo-toksikologik tahlil usullapini ishlab chiqishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antigel`mint dori vositalarini aniqlash uchun YuQX, YuSSX, UB-spektrofotometriya va TDSIS tahlil usullarida aniqlashning optimal uslublari ishlab chiqilgan;
mavjud tahlil uslublarini takomillashtirilgan va kimyo-toksikologik tekshiruv ob’ektlarida moddalar  aniqlangan;
imidazol hosilalari bo‘lgan antigel`mint dori vositalarini suvli muhitdan ekstraksiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va moddalarni biologik suyuqliklap tapkibidan ajpatib olishning tezkop diagnostik usullapi ishlab chiqilgan;
ilk bor al`bendazol, mebendazol, medamin va levamizol dori vositalarini  biologik ob’ektlardan ajratib olishning nazapiy asoslangan uslublapi ishlab chiqilgan;
imidazol hosilalari bo‘lgan antigel`mint dori vositalarini zaharlangan laboratoriya hayvonlari ichki a’zolariga tarqalishi va  to‘planishi aniqlangan;
al`bendazol, mebendazol, medamin va levamizol preparatlarini biologik ob’ektlarda saqlanish muddatlari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Imidazol hosilalari bo‘lgan antigel`mint dori vositalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Antigel`mint ta’sirli dori vositalarini biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish va xromatografik usullarda tahlil qilish» (7.08.2021 y., №8n-p/728) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 08-10355-son ma’lumotnomasi). Natijada, antigel`mint ta’sirli dori vositalarini aniq usullarda tahlil qilish imkonini bergan;
«Sud-kimyo amaliyotida antigel`mint ta’sirli dori vositalarini spektral usullarda tahlil qilish» (7.08.2021 y., №8n-p/729) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 08-10355-son ma’lumotnomasi). Natijada, antigel`mint ta’sirli dori vositalarini sud-kimyo bo‘limlarida biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil qilish imkonini bergan;
«Ekspress analiz pri ostrix otravleniyax nekotorimi antigel`mintnimi preparatami» (7.08.2021 y., №8n-p/727) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 08-10355-son ma’lumotnomasi). Natijada, antigel`mint ta’sirli dori vositalaridan o‘tkir zaharlanish holatlarida klinik toksikologiya bo‘limlarida tezkor tahlillarni o‘tkazish imkonini bergan;
«Antigel`mint ta’sirli dori vositalarini biologik ob’ektlarda saqlanishi va tarqalishini aniqlash» (7.08.2021 y., №8n-p/730) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 08-10355-son ma’lumotnomasi). Natijada, antigel`mint ta’sirli dori vositalaridan zaharlanish holatlarida ularning qaysi a’zolarda to‘planishini aniqlash, hamda tahlil o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ini aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish