Raxmonov Shoxrux Ubaydullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitida “Zarafshon” g‘o‘za navini etishtirish agrotexnologiyasi elementlari”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx524.
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karimov Sharofiddin Abdukarimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sharoitida o‘rta tolali “Zarafshon” g‘o‘za navini etishtirishda turli sug‘orish tartibi va chilpish muddatlariga bog‘liq holda O‘zDEF va PoliDEF defoliantlarining paxta hosili va chigit sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali «Zarafshan» g‘o‘za navini etishtirishda maqbul sug‘orish tartiblari, chilpish muddatlari va mahalliy O‘zDEF defoliantini 7 l/ga hamda PoliDEF 6,0 l/ga me’yorlarini qo‘llash maqbul ekanligi ishlab chiqilgan;
chilpish agrotadbiri g‘o‘zada 12-13 hosil shohi bo‘lganda o‘tkazilib, sug‘orish tartiblari ChDNSdan 70-75-65% bo‘lganda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratilishi va O‘zDEF defoliantining 8,0 l/ga, PoliDEF defoliantining 6,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda barglar to‘kilishi 70,8-67,5% ga, defoliatsiya samaradorligi 91,9-90,8% ga teng bo‘lishi aniqlangan;
g‘o‘zani mashina terimiga mos holatda o‘stirish va paxtadan yuqori hosil olishda chilpish 12-13 hosil shoxida o‘tkazilib, sug‘orish tartiblarini ChDNSdan 70-75-65% qilib belgilash kerakligi va O‘zDEF defoliantining 7,0 l/ga me’yorida paxta hosili 2,6 s/ga, ChDNSga 65-70-60% sug‘orish tartiblariga nisbatan esa 5,9 s/ga oshishi aniqlangan;
paxta tolasining nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari chilpish g‘o‘zani 12-13 hosil shoxligida, sug‘orish tartiblari ChDNSdan 70-75-65% bo‘lganda O‘zDEF defolianti 7,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda olinib, tola chiqishi 3, 6 va 9 hosil shoxlariga mutanosib, ravishda 35,7; 36,8 va 34,8% ni, uzilish kuchi 4,6; 4,7 va 4,6 g.k. ni, nisbiy uzilish kuchi esa 26,9; 27,3 va 26,6 g.k.teks ni tashkil etgan holda nazoratdan 1,4; 2,0 va 0,2 % , 0,1; 0,2 va 0,5 g.k., hamda 0,4; 1,0 va 2,3 ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
tadqiqotlarda g‘o‘zani «Zarafshan» navida ko‘saklar 45-50% ochilganda O‘zDEF va PoliDEF defoliantlarining 7,0 va 6,0 l/ga me’yorlarini qo‘llab chilpishni 12-13 hosil shoxida o‘tkazilib, sug‘orish tartiblari ChDNSdan 70-75-65% bo‘lganda barglar to‘kilishi 77,8-67,5% ni, defoliatsiya samaradorligi 91,9-91,8% ni, ochilgan ko‘saklar soni 90,9-91,2% ni, chilpishni 14-15 xosil shoxida olib borilganda barg to‘kilishi 89,7-89,6 % ni tashkil etib, ko‘saklar ochilishi 13,0-12,7 % ga ortib, 2,1-2,2 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinishi aniqlangan;
g‘o‘zani 12-13 hosil shohlarida chilpish o‘tkazilganda, sug‘orishni ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda belgilab, defoliatsiyani UzDEF defoliantining 7,0 l/ga, PoliDEFni esa 6,0 l/ga me`yorlarda qo‘llash natijasida ko‘saklarning pishib etilishi 12,2-11,5 % gacha tezlashib, birinchi terim salmog‘ini 18-22 % gacha, paxta hosili 2,6-2,8 s/ga gacha oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning o‘rta tolali «Zarafshan» navining morfobiologik holatini inobatga olgan holda g‘o‘za ko‘saklari 45-50 % ochilganda O‘zDEF va PoliDEF defoliantlarini tabaqalashtirib qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sug‘orish tartiblari va chilpish o‘tkazish muddatlariga bog‘liq holda defoliatsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha «G‘o‘za defoliatsiyasini tabaqalashtirib sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 11-may 2021 yildagi 02/020-2033-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Samarqand viloyatida paxtachilikka ixtisoslishtirilgan fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlariga yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sug‘orish tartiblari va chilpish o‘tkazish muddatlariga bog‘liq holda defolintlarni tabaqalashtirib qo‘llash bo‘yicha Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi “Iqbol”, “O’N TOL S-SH” hamda “Oqdaryo Nurqul Dalasi” fermer xo‘jaliklari maydonlarida g‘o‘zani 12-13 hosil shoxida chilpish o‘tkazib, sug‘orish tartiblari ChDNSdan 70-75-65 % bo‘lganda O‘zDEF defoliantining 7,0 l/ga hamda PoliDEFni defoliantini esa 6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 86,5 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 11-may 2021 yildagi 02/020-2033-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘saklarni pishib etilishi 12,2-11,5% gacha tezlashib, birinchi terim salmog‘i 18-22% gacha ortishi natijasida qo‘shimcha 2,8-2,6 s/ga paxta hosili olingan;
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi “Madina Bonu Bog‘i” fermer xo‘jaligi hamda PSUEAITI Samarqand tajriba stansiya paxta maydonlarida g‘o‘zani sug‘orishda ChDNS ga nisbatan 70-75-65% bo‘lganda, 14-15 hosil shoxida chilpilganda, barglarini suniy to‘kishida O‘zDEF defoliantini 7,0 l/ga, PoliDEFni esa 6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 35,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 11-may 2021 yildagi 02/020-2033-son ma’lumotnomasi). Natijada, barglar to‘kilishi 89,7-89,6% gacha, ko‘saklar ochilishi 13,0-12,7% gacha ortishi va nazoratga nisbatan 2,2-2,1 s/ga gacha qo‘shimcha paxta hosil olishga erishilgan.