Polvonov Baxtiyor Zaylobidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «CdTe, CdTe:In yarimo‘tkazgich strukturalarda past haroratli fotolyuminessensiya», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM48.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nosirjon Xaydarovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Teshabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; G‘ulomov Abdurasul G‘ofurovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: CdTe monokristallarining eksiton lyuminessensiya spektrlarinivasof CdTe, kirishmali CdTe:In mayda donli yupqa pardalar past haroratli fotolyuminessensiyaning shakllanish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘ylama–ko‘ndalang ajralishi ħωLT unchalik katta bo‘lmagan kadmiy tellur kabi yarimo‘tkazgich kristallarda mexanik eksiton so‘nishining chekli qiymatlari uchun polyariton lyuminessensiya shakllanishining mexanizmi ishlab chiqilgan;
polyaritonlar taqsimot funksiyalari uchun Bol`sman kinetik tenglamasining qo‘llanish chegaralari buziladigan An=1 eksiton rezonansi sohasida kadmiy tellur kristallari uchun polyariton lyuminessensiya spektrlariningnozik strukturasi va ularning anomal dispersiya sharoitida o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;
indiy bilan legirlangan tellurid kadmiy strukturasida qisqa tutashuv tokining keskin ortib borishi In+i ionlari va kadmiy vakansiyalarining kristall donlar chegara sohasidagi ichki asimmetrik elektrostatik maydondagi termik migratsiyasi va o‘zaro kompensatsiyasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
eksitonlar uchun Shtark effekti va kristall donalararo to‘siq qatlamlarida sodir bo‘layotgan foto-EYuK generatsiya jarayonlari monokristallar va yirik donli polikristallardan farqli mayda donli CdTe, CdTe:In yupqa pardali strukturalarda past haroratli fotolyuminessensiya spektrlari shakllanishiga olib kelishi topilgan;
ilk bor mayda donli polikristall CdTe, CdTe:In yupqa pardalarning past haroratli fotolyuminessensiya spektri va fotovol`taik xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
kuchlanish fotogeneratori sifatida qo‘llaniladigan CdTe:In asosidagi fotovol`taik yupqa pardalarni ishlab chiqish bo‘yicha «Anomal fotovol`taik plyonka olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 05384, 28.04.2017). Ishlab chiqilgan texnologiya kadmiy tellur asosidagi fotovol`taik strukturasining quvvatini oshirish imkonini bergan;
mexanik eksitonlar so‘nishining chekli qiymatlarida kadmiy tellurkabi kristallar spektrlarini nazariy hisoblash natijalari OT-F2 raqamli «Yarim o‘tkazgichlar va ularning kvant-o‘lchamlashgan o‘ralarida qutbli optik samaralar» (2007–2011) mavzusidagi fundamental davlat loyihasini bajarishda yarimo‘tkazgichli yupqa qatlamli strukturalarda elektronlar va eksitonlar ishtirokida haroratga bog‘liq bo‘lgan kinetik jarayonlarning xarakteristik parametrlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 oktyabrdagi FTA-02-11/833-son ma’lumotnomasi). Bu yarimo‘tkazgich yupqa pardali strukturalarni yorug‘lik bilan barqaror qo‘zg‘atishdagi elektron kinetik hodisalarning fizik tabiatini tahlil qilish imkonini bergan;
nurlanishning polyariton modeli vakadmiy tellurkabi kristallar spektrlarini real optik parametrlarga bog‘liqligi bo‘yicha nazariy hisoblash natijalari F2-OT-O-15494 raqamli «Kvant nuqtali getero va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» mavzusidagi grant loyihasida oktaedr simmetriyali yarimo‘tkazgichlarda eksiton va polyaritonlar ishtirok etgan lyuminessensiya spektrlariningnozik strukturasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 oktyabrdagi FTA-02-11/833-son ma’lumotnomasi). Buning asosida eksiton-foton o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichlarda nozik optik hodisalarning fizik tabiatini tahlil qilishga erishilgan.