Ro‘ziev To‘lqin Razzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Strukturaviy bir jinsli bo‘lmagan koaksial ko‘p qatlamli silindrik quvurdagi dinamik holat xususiyatlari”, 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM542.
Ilmiy rahbar: Boltaev Zafar Ixtiyorovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismayilov Kubaymurat – texnika fanlari doktori, professor; Mavlanov To‘lqin Mavlonovich – texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dissipativlik xususiyatlariga ega qatlamli silindrik to‘lqin o‘tkazgichlardagi dinamik jarayonlarni o‘rganish masalalarini echish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish, sonli natijalar olish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlamli silindrik jismlarda materiallarning qovushoq-elastik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushqoq-elastik qatlamli silindrik mexanik sistemalarda to‘lqin faza tezligining material realogik xususiyatlari va geometrik o‘lchamlariga bog‘liq dispersion munosabatlari aniqlangan;
reologik xususiyatlar va ichki garmonik kuch ta’sirida muhit bilan aloqada bo‘lgan ko‘p qatlamli uzun silindrik jismlarda to‘lqin tarqalishi masalasining echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
so‘nishining global kritik tezligi (GKT) koeffisienti parametri kiritish orqali xos to‘lqin faza tezligining butun sistema bo‘yicha energiya dissipatsiyasiga baho berilgan;
materialning qovushqoqlik xususiyatlarini hisobga olish kompleks faza tezligi real qismining elastik muhitga nisbatan 15% gacha kamayishiga olib kelganligi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi qovushqoq-elastik mexanik sistemalarda to‘lqin tarqalishi nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari va algoritm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qovushkoq-elastiklik xususiyatlariga ega bo‘lgan ko‘p qatlamli silindrik jismlarda to‘lqin tarqalishi masalalarini echishda va energiya dissipatsiyasi hodisasini hisobga olishda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida F-4-04 raqamli “Razvitie teorii i razrabotka metodov issledovaniya dinamicheskogo napryajenno-deformirovannogo sostoyaniya krivolineynix uchastkov tonkostennix podzemnix truboprovodov s protekayushhey jidkost`yu pri vozdeystvii dinamicheskix nagruzok” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Ma’lumotnoma №89-04/3151, 07.12.2021y.). Natijada dissertatsiyada ishlab chiqilgan xususiy hosilali birinchi tartibli bir jinsli differensial tenglamalar sistemasini echish usullari orqali tenglamalar echilgan hamda loyihada olingan qiymatlar dissertatsiyada aniqlangan dispersion munosabatlar bilan solishtish imkonini bergan;
konstruksiyalarda hosil bo‘ladigan titrashlarni kamaytirish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida QX-A-QX-2018-29 “Bir jinsli bo‘lmagan strukturali gidrotexnika inshootlarni dinamik mustahkamlikka baholash va ularni nazariy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Ma’lumotnoma №23/23-09-13-2944,22.12.2021y.). Natijada dissipativ bir jinsli bo‘lmagan jismlarda hosil bo‘ladigan rezonans jarayonlarini oldindan baholash imkonini bergan.