Yuldashev Shamsiddin Mamarajabovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kvazichiziqli issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasini spektral-to‘r metodi yordamida sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM592.
Ilmiy rahbar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Polatov Asxad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lakli uzlukli o‘zgarmas koeffisientli va kvazichiziqli issiqlik o‘tkazuvchanlik masalasi uchun qo‘yilgan boshlang‘ich-chegaraviy masalalarni sonli modellashtirish, ayirmali metodlar hamda spektral-to‘r metodi yordamida sonli echish algoritmini ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
spektral-to‘r metodi yordamida kvazichiziqli issiqlik o‘tkazuvchanlik masalasini taqribiy echimining aniq echimga yaqinlashish shartlari topilgan;
spektral-to‘r metodida bazis funksiyalari soni ortishi bilan taqribiy echimning aniq echimga yaqinlashish tezligining baholari olingan;
nochiziqli koeffisientga ega kvazichiziqli issiqlik o‘tkazuvchanlik masalalarining sonli echish sxemalari va algoritmlari qurilgan;
nochiziqli koeffisientga ega kvazichiziqli issiqlik o‘tkazuvchanlik masalalari uchun echim gradienti yuqori bo‘lgan sohalarni lokallashtirish algoritmi va dasturiy ta’minoti yaratilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
nochiziqli koeffisientga ega kvazichiziqli issiqlik o‘tkazuvchanlik masalalarining sonli echish sxemalari va algoritmlaridan A-OT-2021-108 «Orolbo‘yi mintaqasida atrof-muhitning ekologik holatini monitoring qilish va prognozlashning axborot-tahliliy tizimini ishlab chiqish» grant loyihasida tuproqlarda massa almashishining murakkab jarayonlarini o‘rganishda foydalanilgan (Termiz Davlat universitetining 2022 yil 31 martdagi 04/12-1005/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil muhitlarda murakkab massa uzatish masalalarini hal qilishda hisoblash algoritmlarining kompyuterda amalga oshirilishi hisoblash tajribalarini avtomatlashtirish imkonini bergan;
issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientlari chiziqli bo‘lmagan holda sonli echish usullaridan A-OT-2021-108 «Orolbo‘yi mintaqasida atrof-muhitning ekologik holatini monitoring qilish va prognozlashning axborot-tahliliy tizimini ishlab chiqish» grant loyihasida tuproqlarda massa almashish jarayonlarini sonli modellashtirishda foydalanilgan (Termiz Davlat universitetining 2022 yil 31 martdagi 04/12-1005/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil muhitlarda murakkab massa uzatish masalalarini sonli echish dasturida hisoblash vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini bergan.