Aloev Ulug‘bek Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlari ta’sirini baholashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu618.
Ilmiy rahbar: Xakimov Raxim Rasulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.01.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Malikova Gulchehra Rixsixodjaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Xusanova Muxtabar Akbarovna, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga ta’sirini baholash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlarini vaqtincha cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hudud komendantining buyruqlari va farmoyishlarining amal qilishi favqulodda holatning amal qilishi tugatilishi bilan bir vaqtda tugatilishi lozimligi asoslantirilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik yo‘nalishlarini, shu jumladan mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish samaradorligini ta’minlash asoslantirilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tanlov asosida tegishli davlat tashkiloti tomonidan «E-Anticor.uz» elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini zamonaviy-axborot kommunikatsiya vositalarini (videokonferensaloqa, onlayn so‘rovnoma va shu kabilar) qo‘llagan holda masofaviy o‘rganish holati asoslantirilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari haqidagi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qilish, ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu jumladan hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi Korrupsiyani idrok etish milliy indeksini tuzishni tashkil etish, davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korrupsiyaga qarshi standartni qo‘llashini nazarda tutuvchi talabni belgilash, korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlari ta’sirini baholashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlarini vaqtincha cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hudud komendantining buyruqlari va farmoyishlarining amal qilishi favqulodda holatning amal qilishi tugatilishi bilan bir vaqtda tugatilishi haqidagi taklif 2021 yil 16 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 28 fevraldagi 8-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi favqulodda holat rejimi sharoitida normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bilan bog‘liq huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishni ta’minlagan;
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik yo‘nalishlarini, shu jumladan mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklif 2021 yil 7 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–34-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil 6 iyundagi 01-14/804-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qonun normalaridagi korrupsiyaga olib keluvchi omillarni bartaraf etish borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilishini ta’minlagan;
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tanlov asosida tegishli davlat tashkiloti tomonidan «E-Anticor.uz» elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini zamonaviy-axborot kommunikatsiya vositalarini (videokonferensaloqa, onlayn so‘rovnoma va shu kabilar) qo‘llagan holda masofaviy o‘rganishi haqidagi taklif 2022 yil 13 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–81-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga qo‘shimcha kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil 6 iyundagi 01-14/804-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari faoliyatini baholashda ma’lumotlarning haqqoniyligini aniqlash imkonini bergan;
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari haqidagi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qilish, ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu jumladan hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi Korrupsiyani idrok etish milliy indeksini tuzishni tashkil etish, davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korrupsiyaga qarshi standartni qo‘llashini nazarda tutuvchi talabni belgilash; korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etish haqidagi taklifdan 2021 yil 18 noyabrda qabul qilingan O‘RQ–729-sonli Qonun bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun 81-moddasiga qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 15 martdagi 04/2-09-1144-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga amaldagi qonun hujjatlaridagi normalarni korrupsiyaga ta’sirini baholash vakolatlarini qonunchilikda mustahkamlanishini ta’minlagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish