Sadullaev Sanjarbek Madiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovun genofondni saqlash, eksportbop navlarini ajratish hamda etishtirishning ayrim texnologiyasi elementlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati sharoitida)”, 06.01.06 - Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx263.
Ilmiy rahbar: Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rustamov Abdumalik Sattarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qovunning qadimiy, mahalliy nav namunalarini qayta tiklash, genofondini saqlash, istiqbolli va eksportbop navlarini tanlash hamda etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazmviloyati sharoitidaqovunning qadimiy mahalliy nav namunalari kolleksiyasini o‘rganish asosida qadimiy navlar qayta tiklangan va 125 ta nav namunaning unuvchanligiyuqoribo‘lgan urug‘lari 600 grammdan 1045 grammgacha bo‘lgan miqdorda genofondgasaqlash uchun aniqlangan;
qovun nav namunalari orasida Zrgulobi, Oq novvot va Qariqiz navlarining keng tarqalgan un shudring kasalligiga chidamli, tovarbop sifatlari va hosildorligi yuqoriligi(mos holda 35,7; 34,7 va 35,3 t/ga) hamda eksportbop navlar sifatida tanlangan;
qovunning istiqbolli ertapishar navlarini etishtirishda aprel` oyining ikkinchi o‘n kunligi, o‘rtapishar – may oyining birinchi o‘n kunligi va kechpishar navlarini may oyining uchinchi o‘n kunligida ekishning maqbulligi isbotlangan, bunda hosildorlik 34,7-35,7 t/ga gacha etishi asoslangan;
sug‘orilmaydigan sharoitlarda qovun etishtirishda mineral o‘g‘itlar bilan birga gidrogel` polimerini gektariga 12 kg me’yorida qo‘llash hosildorlikni 21% gacha oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati sharoitida qovun genofondini saqlash, eksportbop navlarni ajratish hamda etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun «Qovun navlarini etishtirish texnalogiyasiga oid tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 30 aprel` 2021 yildagi 02/029-1878-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer va aholi tomorqa xo‘jaliklarida qovundan yuqori hosil olishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
qovun genofondini qayta tiklash ishlanmasi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida 32 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 30 aprel` 2021 yildagi 02/029-1878-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rganilgan 125 ta nav namunaning genofond uchun urug‘i olingan hamda yuqori hosildor, un shudring kasalligiga chidamli, eksportbop Tarnak, Xandalak, Gurvak, Ko‘k mag‘iz, Non go‘sht, Jiyda guli Zargulobi, Oq-novvot, Qari qiz, Amudaryo, Sahovat, Gulobiy Xorazmiy navlari va Gandimyon (L-Oybek) liniyasi ajratilgan. O‘rganilgan navlarning rentabelligi ertapishar navlarda 131,7%, o‘rtapishar – 133,0% va kechpishar navlarda 129,2% ni tashkil etgan;
ekish muddatlarining qovun navlari hosildorligiga ta’siri ishlanmasi Xorazm viloyati Xiva tumanidagi «Axmadjon Matyaqubov» fermer xo‘jaligida 10 gektar, «Davron» fermer xo‘jaligida 10 gektar, «Xiva Xurmat» fermer xo‘jaligida 10 gektar, jami 30 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 30 aprel` 2021 yildagi 02/029-1878-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ertapishar qovun navlarini may oyining birinchi o‘n kunligida ekilganda 9090,0-18340,0 ming so‘m, o‘rtapishar navlarni may oyining ikkinchi o‘n kunligida ekilganda 19360,0-20285,0 ming so‘m, kechpishar navlarni iyun oyining birinchi o‘n kunligida ekilganda 17100,0-18447,0 ming so‘m sof daromad olingan. Rentabellik mos holda 102,0-189,9; 132,2-137,9 va 124,6-125,3% ni tashkil etgan;
qovunning tezpishar, serhosil, Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos «Gandimiyon» navi yaratilgan va Intelektual mulk agentligiga topshirilgan (Intelektual mulk agentligining 2020 yildagi NAP 2020 0068-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida dastlabki nav sinovida ushbu nav yuqori, ya’ni gektaridan 42,4 tonna hosil bergan.