Shodieva Shahlo Solievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Buxoro amirligining Usmoniylar imperiyasi bilan o‘zaro munosabatlari tarixi (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlari)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № V.2020.1.PhD/Tar651.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Razzoqov Davron Xalikovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasidagi elchilik almashinuvlari, o‘zaro munosabatlarda haj ziyoratining ahamiyati, Usmonli turklarning Buxorodagi targ‘ibotchilik faoliyati va bunga qarshi Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan chora-tadbirlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari natijasida Buxoro amirligi va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasida an’anaviy tizimli diplomatiya o‘rniga tezkorlik bilan siyosiy fikr almashish imkonini bergan Muhammad Porso, Shayx Sulaymon, Abdulxay va I.S.Nosovich kabi shaxslarning diplomatik faoliyatlari muhim ahamiyat kasb etganligi asoslab berilgan;
Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o‘rnatilgandan so‘ng Buxoro-Usmoniy munosabatlarida Afg‘oniston hududi platsdarm vazifasini o‘taganligi, Rossiya, Buyuk Britaniya, Usmoniylar imperiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda Buxoro amirligi bufer zonaga aylanganligi dalillangan;
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Buxoro amirligi aholisining haj ziyorati, Usmoniylar saltanati hududida “O‘zbeklar” (Buxoroliklar tekkesi), “Ahmad Buxoriy” kabi tekkelar bilan bir qatorda “Buxoro amiri” nomi bilan bog‘liq tekkelarning vujudga kelishi, hojilarning Buxoro va Turkiston o‘lkasidagi targ‘ibotchilik faoliyati, hojilarga xizmat ko‘rsatishda Angliya, Usmonli turk va Rossiya davlatlari o‘rtasidagi raqobatlar asoslangan;
Rus-turk urushi va Birinchi jahon urushi davrida Usmoniylar saltanati foydasiga yig‘ilgan moddiy mablag‘lar, turk emissarlari Eshon Mansur, Said Xalifa Eshon, Qutlug‘xo‘ja Eshon, Mustafo va Mahmud afandilar tomonidan olib borilgan antirus kayfiyatidagi targ‘ibotlar, Buxoro amirligidagi sunna-shia janjalining sababchisi va tashkilotchisi turk targ‘ibotchilari ekanligi isbotlanib, Rossiya imperiyasi ma’murlari tomonidan Usmonli turk targ‘ibotchilari faoliyatiga nisbatan ko‘rilgan chora-tadbirlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligining Usmoniylar imperiyasi bilan o‘zaro munosabatlari tarixi ishiga oid ishlab chiqilgan xulosa va takliflar:
O‘zbekiston hududiga turk sayyohlarini jalb qilishda XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Buxoro amirligi aholisining haj ziyorati, Usmoniylar saltanati hududida “O‘zbeklar” (Buxoroliklar tekkesi), “Ahmad Buxoriy” kabi tekkelar bilan bir qatorda “Buxoro amiri” nomi bilan bog‘liq tekkelarning vujudga kelishi, hojilarning Buxoro va Turkiston o‘lkasidagi targ‘ibotchilik faoliyati, hojilarga xizmat ko‘rsatishda Angliya, Usmonli turk va Rossiya davlatlari o‘rtasidagi raqobatlar xususidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan Buxoro shahrida urizmni rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 03-17/10101-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda Buxoro shahrining ahamiyatini oshirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Rus-turk urushi va Birinchi jahon urushi davrida Usmoniylar saltanati foydasiga yig‘ilgan moddiy mablag‘lar, turk emissarlari Eshon Mansur, Said Xalifa Eshon, Qutlug‘xo‘ja Eshon, Mustafo va Mahmud afandilar tomonidan olib borilgan antirus kayfiyatidagi targ‘ibotlar, Buxoro amirligidagi sunna-shia janjalining sababchisi va tashkilotchisi turk targ‘ibotchilari ekanligi haqidagi faktlardan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanib kelinayotgan “Turkestanskiy sbornik” (Turkiston to‘plami), “Tarjumon”, “Birjevie vedemosti”, va boshqa matbuot organlari, mahalliy manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni raqamlashtirilgan kutubxona yaratilishida amaliy jihatdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2021 yil 9 noyabrdagi 02-20/1143-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro amirligi va Turkiston o‘lkasida yangi dunyoqarash va ilmiy bilimlarning kirib kelishi aniq dalil isbotlar bilan tahlil qilishda katta qiymatga ega ekanligi bilan xizmat qilgan;
1867-1873 yillarda amalga oshirilgan Muhammad Porso, Shayx Sulaymon, Abdulxay, I.S Nosovichlarning diplomatik faoliyatlari hamda elchilik faoliyati natijalarining o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yilning fevral-mart oylarida efirga uzatilgan “Mavzu”, “Manbalar so‘zlaganda”, “Ibtido” kabi ko‘rsatuvlarni tasvirga olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Teleradiokanali davlat muassasasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 01-13-1577-son ma’lumotnomasi). Natijalar ushbu teleko‘rsatuvlar mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, shuningdek, ularlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashda xizmat qilgan.