Abduraxmonov Ilhomjon Adxamovichning  
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning ko‘saklari ochilishi sur`ati, hosildorligi va tola sifati yuqori bo‘lgan navlarini yaratish va joriy etish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Qx 194.
Ilmiy maslahatchi: Raxmonqulov Said-Akbar Raxmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning o‘rta tolali “O‘zPITI-201” navi (№ NAP 00206), “O‘zPITI-203” navi (№ NAP 00356) va “SP-204” navi (№NAP 00365). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 7 dekabrdagi 01-11/3078, 01-11/3079 va  01-11/3086-sonli xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zada oddiy chatishtirish usulini qo‘llash orqali tezpishar, asosiy hosilini avgust-sentyabr oylarida  terib olinadigan, hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, yuqori tola sifatiga ega navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotoba G.hirsutum ssp. mexicanum turi asosida yaratilgan g‘o‘zaning navlararo oddiy chatishtirish usulida olingan duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishini aniqlash, tezpisharlik, hosildorlik, tola sifati hamda boshqa belgilarning avlodlararo o‘rganish asosida tanlash orqali yangi seleksion navlar va tizmalar yaratilgan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali O‘zPITI-201, O‘zPITI-203 va SP-204 yangi navlarida ko‘saklarining ochilish sur`ati, hosildorligi va tola sifati yuqori xususiyatlari mavjudligi aniqlangan;
ushbu navlar Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida etishtirishga mosligi, viloyatda keng maydonda ekilayotgan Andijon-35, Andijon-37 va Sulton g‘o‘za navlariga nisbatan yuqori va sifatli hosil olinishi, hosilni asosiy salmog‘ini (80-85%) avgust-sentyabr` oylarida terib olish mumkinligi, yuqoridagi navlarga nisbatan hosildorligi 7- 9 s/ga yuqori ekanligi, tola sifati IV-tip talablariga to‘liq javob berishi bilan boshqa navlardan ustunligi isbotlangan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali tezpishar, yuqori hosildor va  kasalliklarga bardoshli O‘zPITI-201, O‘zPITI-203 va SP-204  navlari yaratilib, Intellektual mulk agentligining patentlari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L. turiga mansub o‘rta tolali g‘o‘za navlari seleksiyasida nav va tizmalarni oddiy usulda chatishtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
navlararo oddiy chatishtirish asosida tezpisharligi 117-118 kun, vertisillyoz viltga bardoshli (umumiy 3,5%), bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosi vazni 6,1-6,2 g., hosildorligi 41,0-42,5 s/ga, tola uzunligi 34,9-35,6 mm, mikroneyr ko‘rsatkichi 4.3-4.4, tola chiqimi 37,9-38,5 %, moydorligi 20,2%, 1000 dona chigit vazni 118-120 g. bo‘lgan G.hirsutum L. turiga mansub  g‘o‘zaning O‘zPITI-201 navi yaratilgan va 2019-2021 yillarda 4739,6 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi № 02/020- 5083-son ma’lumotnomasi). Natijada tezpishar, hosildor, vilt kasalligiga bardoshli g‘o‘zaning O‘zPITI-201navi. 2021 yilda “Vodiy sanoat fahri”, “Marxamat tekistil`”, “Sayyora favvorasi” agroklasterlari ekin maydonlarida 991,3 gektar maydonga ekilib gektaridan  o‘rtacha 38,7 s/ga hosil olingan. Ushbu nav ekilgan maydonlarda rentabellik darajasi 44,6% ni tashkil etgan;
tizmalararo  duragaylash asosida  tezpisharligi 121-123 kun, vertisillyoz viltga bardoshli (umumiy 5,3%), bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosi vazni 5,0-5,9 g., hosildorligi 38,4-42,8 s/ga, tola uzunligi 34,0-34,3 mm, mikroneyri 4.4-4.5, tola chiqimi 37,0-37,5% va 1000 dona chigit vazni 105-107 g. bo‘lgan g‘o‘zaning yangi O‘zPITI-203 yaratilib, 2020-2021 yillarda 417 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi № 02/020- 5083-son ma’lumotnomasi). Natijada Paxtaobod tumani fermer xo‘jaliklari 38,8 sentnerdan, 2021 yilda “Oltin Mato Tekstil” agroklasterida gektaridan 36,5 sentnerdan hosil olinib ishlab chiqarish sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan va ushbu nav ekilgan maydonlarda rentabellik darajasi 34,8% ni tashkil etgan.
tizmalararo oddiy duragaylash asosida tezpisharligi 118-119 kun, vertisillyoz viltga bardoshli (umumiy 3,5%), bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosi vazni 6,2-6,4 g., hosildorligi 42,3-43,8 s/ga, tola uzunligi 34,5-35,0 mm, tola chiqimi yuqori 38,8-39,9%, mikroneyr ko‘rsatkichi 4.3-4.4, 1000 dona chigit vazni 108-110 g. bo‘lgan G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zaning yangi SP-204 yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi № 02/020-5083-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasalliklarga, bardoshli tola sifati yuqori ushbu g‘o‘za nav tezpisharligi yuqori bo‘lib ko‘saklari 10 sentyabrda 90-95% ochilib, 1 terimda 42,0 sentner hosil olinganligi va tola sifatining  yuqoriligi bilan klaster va  fermer  xo‘jaliklari tomonidan  ijobiy baholangan. Ushbu nav ekilgan maydonlarda rentabellik darajasi 46,1% ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish