Oqqo‘ziev Ilhom O‘ktamovichning 
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziqabop qovoqning yangi yirik mevali (cucurbita moschata) serhosil «Baxodir» navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx 743.
Ilmiy rahbar: Amanova Maxfurat Eshmuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: qovoqning «Baxodir» navi (№ NAR 00230). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 22 avgustdagi № NAR20170022/2-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi qovoqning jahon kolleksiyasi namunalari asosida serhosil, yirik mevali, parhizbop vitamin va minerallarga boy va chuqur qayta ishlashga yaroqli, oziqabop yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor jahon genofondidan respublikamiz iqlim sharoitiga mos yirik mevali, mahsuldor yangi qovoq navlarini yaratishda geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan xorijiy kolleksiya namunalarni o‘rganish asosida qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan qovoqning istiqbolli namunalari birlamchi manba sifatida ajratib olingan;
geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan qovoqning 82 ta nav, namunalari morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha olingan va seleksiya jarayonini qisqartirish uchun xizmat qiladigan ilmiy natijalar genofond axborot bazasiga kiritilgan;
hosildor, yirik mevali, oziqabop qovoqning «Baxodir» yangi navi, respublikamizda uzoq yillardan buyon ekilayotgan navlarga nisbatan hosildorligining 1,5-1,9 barobar (540,1 s/ga) yuqori bo‘lganligi, yangiligicha iste’mol qilishga, chorva mollari uchun shirali oziqa sifatida foydalanishga, tashish hamda saqlashga yaroqlilik xususiyatining ustunligi bilan ajralib turishi aniqlangan;
yaratilgan qovoqning yangi «Baxodir» naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamiz tuproq va iqlim sharoitlarida ekish uchun mos bo‘lgan qovoqning xorijiy kolleksiya namunalaridan qovoq seleksiyasi uchun birlamchi manbalar ajratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
qovoqning yuqori hosildor, yirik mevali «Baxodir» yangi naviga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan NAP 00230 raqamli patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi № 02/027-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada qovoqning «Bahodir» navi 2017-2019 yillari Davlat nav sinash komissiyasi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va mualliflik guvohnomasi olingan;
qovoqning «Bahodir» navi 2019-2021 yillarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani «Chuvilloq lalmikori» fermer xo‘jaligida 10,0 ga, «Lapasov Shovkat» fermer xo‘jaligida 12,0 ga, «Jonzoqov Xonimqul» fermer xo‘jaligida 8,0 ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentiyabrdagi № 02/027-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha hosildorlik 330-460 s/ga tashkil etgan va har bir gektardan o‘rtacha 9,425 mingdan 11,335 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha sof daromad olishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Norqobilov Sherali Ebodullaevich» fermer xo‘jaligida 1,0 ga, «Avaz o‘g‘li Farid» fermer xo‘jaligida 1,7 ga, «Sadinov Sardorbek Sadinovich» fermer xo‘jaligida 1,0 ga maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi № 02/027-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir gektardan 38-40 t/ga hosil etishtirilib qo‘shimcha 10,300-11,300 ming so‘m qo‘shimcha sof foyda olingan;
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani «Elita urug‘chilik MChJ» xo‘jaligida 2019-2020 yillarda 5,2-9,8 ga, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tadqiqot stansiyasida 3,5 ga maydonga qovoqning Baxodir navi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi № 02/027-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir gektardan o‘rtacha 38,1-40,3 t/ga hosil etishtirildi va 10-11,8 mln so‘m miqdorda sof daromad olingan;
Toshkent viloyati Qibray tumani O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligi dalasida 2019-2021 yillarda jami 5,0 gektar maydonga qovoqning yangi «Bahodir» navi joriy etilib, har bir gektardan o‘rtacha 43,7 t/ga hosil etishtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentiyabrdagi № 02/027-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada 14,8 mln. so‘m miqdorida sof daromad olishga erishilgan;
oziqabop qovoqning «Bahodir» yangi navi sug‘oriladigan jami: 57,2 ga maydonga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentiyabrdagi № 02/027-3958-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha hosildorlik 380,0-430,0 s/ga yoki har gektar maydondan qo‘shimcha 10,0-20,0 t/ga hosil olingan va gektaridan olinadigan iqtisodiy samaradorlik o‘rta hisobda 10,3-14,8 mln. so‘m, rentabellik darajasi esa 135,6-137,2 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish