Obidjonova Ma’suma Qosimjon qizining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek fantastik hikoyachiligi: original va mushtarak tendensiyalar (Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov ijodi misolida)”   10.00.06  – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1305.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamarasulova Gulnoz Abduqosimovna, filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov hikoyalari misolida ingliz va o‘zbek fantastik hikoyachiligining original va mushtarak tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
R.Bredberi va H.Shayxov hikoyalarining G‘arb va Sharq adabiy an’analariga asoslangan holda aks etuvchi o‘ziga xosliklari va umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surishda namoyon bo‘luvchi mushtarak jihatlari aniqlangan, fantastika janrining adabiy uzviyligi va mualliflar ijodining turli davrlardagi falsafiy-estetik qarashlaridagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqligi dalillangan;
R.Bredberi va H.Shayxov hikoyalari asosida  ilmiy-fantastika (science fiction) va fentezi (fantasy)ga nisbatan fantastika (speculative fiction) janrining metajanr tushuncha ekanligi asoslangan;        
R.Bredberi va H.Shayxov hikoyalari misolida ingliz tilidagi va o‘zbek fantastikasining eng asosiy mushtarak tendensiyasi insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, halollik, ezgulik singari g‘oyalari ekanligi, o‘zbek fantastikasi ildizlari uzoqroq badiiy an’analarga asoslanishi ochib  berilgan;
R.Bredberi va H.Shayxov hikoyalari asosida ilmiy fantastika, fentezi va ijtimoiy fantastikada original tendensiyalarning ilm-fan taraqqiyotiga munosabat, «iste’molchi jamiyat», individulizm va jamoaviy hayot tarziga qarashlarda namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek fantastik hikoyachiligining original va mushtarak tendensiyalari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fantastikaning ildizlari, evolyusiyasi, tarixi va Alisher Navoiy merosining shu tarzda boshqa ko‘plab adabiy yo‘nalishlar qatori o‘zbek badiiy fantastikasi ildizlariga ham o‘z hissasini qo‘shganligiga oid ilmiy xulosalardan PZ-20170926459 raqamli Navoiyshunoslik tarixi (XX – XXI asrlar)”mavzusidagi (2018-2020 yillar) amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 7 fevral` 2022 yil №01/6-206-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek fantastikasi genezisida Alisher Navoiyning «Xamsa»si, jumladan, «Farhod va Shirin», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlarida fantastik unsur qo‘llanishiga oid misollar bilan boyitilgan;
Zamonaviy qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, asosiy ustuvor yo‘nalishlari va innovatsion tahlil metodlari, shuningdek, fantastikaning ildizlari xalq fol`klori, xususan o‘zbek adabiyotidagi fantastik unsurni qo‘llash an’analari turkiy xalqlar mifologiyasiga borib taqalishiga doir ilmiy xulosalardan PZ-20170927147 raqamli«Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi»mavzusidagi(2017-2020 yillar)amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 7 fevral` 2022 yil №01/6-205-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha fantastikaning janr xususiyatlari haqida nazariy fikrlar, halq an’analarining fantastika genezisida tutgan o‘rniga oid ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov fantastik hikoyalarining poetikasiga xos falsafiy-estetik badiiy xususiyatlardan biri adabiyot, madaniyat va odob-axloqning mushtarakligi kabi ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanali oraqali namoyish etilgan «Taqdimot» teleko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 11 fevral` 2022 yil 063/350-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv materiallari adiblarning asarlaridagi estetik va didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish