Narkuziev Bobomurad Abduvakilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Evolyusion algebralar va ularning uch o‘lchamli zanjirlari», 01.01.06 – Algebra (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/FM672
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Rozikov Utkir Abdulloevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Omirov Baxrom Abdazovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Murodov Sherzod Normonovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rin almashtirishlarga mos evolyusion algebralarni qurish va ma’lum bo‘lgan haqiqiy evolyusion algebralarni uch o‘lchamli zanjirlarda tasnifini berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
strukturaviy o‘zgarmaslar matrisasining rangi n-2 ga teng bo‘lgan n o‘lchamli evolyusion algebraning yagona absolyut nil`potent elementga ega bo‘lishining zaruriy va etarli sharti topilgan;
bitta va ikkita o‘rin almashtirishlarga mos evolyusion algebralarning barik bo‘lish mezonlari topilgan va berilgan o‘rin almashtirishga mos evolyusion algebraning absolyut nil`potent va idempotent elementlarga ega ekanligi isbotlangan;
ikkita o‘rin almashtirishlarga mos evolyusion algebraning absolyut nil`potent elementlari va ikki o‘lchamli hol uchun idempotent elementlarining to‘liq tahlili hamda bu algebraning ba’zi izomorfizmlari topilgan;
uch o‘lchamli haqiqiy evolyusion algebralarning bir nechta zanjirlardagi tasniflari, jumladan kvadratining o‘lchami birga teng bo‘lgan barcha haqiqiy evolyusion algebralarni o‘z ichiga olgan zanjirdagi evolyusion algebralar tasniflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evolyusion algebralar va ularning uch o‘lchamli zanjirlari tasnifi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘rin almashtirishlarga mos evolyusion algebralar va evolyusion algebralar zanjirlaridagi tasniflar haqidagi natijalardan MTM2016-76327-C3-2-P raqamli xorijiy loyihada evolyusion algebralarni tasniflashda foydalanilgan (Granada universitetining 2022 yil 20 apreldagi ma’lumotnomasi, Ispaniya). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi evolyusion algebralarning zanjirlarini tasniflash imkonini bergan;
evolyusion algebralarning absolyut nil`potent, idempotent elementlari va evolyusion algebralar zanjirlaridagi tasniflaridan G00003447 raqamli «Kvant genetik algebralar va ularning tatbiqlari» mavzusidagi xorijiy grant loyihasida foydalanilgan. (Birlashgan Arab Amirliklari universitetining 2022 yil 26 maydagi ma’lumotnomasi, BAA). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi standart simpleksda aniqlangan bir nechta kvadratik stoxastik operatorlar tomonidan yaratilgan dinamik sistemalarning ergodik xossalarini tekshirish imkonini bergan.