Nishonov Dilshod Shamsidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalari», 08.00.11 – Marketing va 08.00.05 –Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1514.
Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Xamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasiga yuqori malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilishda byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda xorijiy mutaxassislar uchun samaradorlik mezonlariga ko‘ra rag‘batlantirish miqdorini mustaqil belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagidagi yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga bilim olish va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada rag‘batlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda ular tomonidan o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar import qilinganda bojxona bojidan ozod qilish taklif etilgan;
ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, bakalavr va magistraturada ta’lim tili va shaklini mustaqil belgilashning oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishga ta’sirining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasasiga yuqori malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilishda byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda xorijiy mutaxassislar uchun samaradorlik mezonlariga ko‘ra rag‘batlantirish miqdorini mustaqil belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 84-04-1836-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilariga 200 foizgacha, xodimlariga 400 foizgacha rag‘batlantirish belgilangan;
oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagidagi yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga bilim olish va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada rag‘batlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi PQ-5203-son «Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 84-04-1836-son ma’lumotnomasi). Natijada kam ta’minlangan, iqtisodiy qiynalgan oilalarning farzandlari jamg‘arma mablag‘laridan ta’lim krediti olgan holda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda ular tomonidan o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar import qilinganda bojxona bojidan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 sentyabrdagi PF-6318-son «Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 84-04-1836-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida oliy ta’lim muassasalari tomonidan 23,7 mlrd. so‘mlik o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar importidan 2,1 mlrd. so‘m bojxona bojidan ozod etilgan;
ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, bakalavr va magistraturada ta’lim tili va shaklini mustaqil belgilashning oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishga ta’sirining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Universitet-3.0» Xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 84-04-1836-son ma’lumotnomasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2021 yil 23 yanvardagi 01/14-5955-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2030 yilgacha o‘quv va ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.