Axmedova Nilufar Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qurilishda kichik va yirik biznes sub’ektlari integratsiyasi samaradorligini oshirish», 08.00.15 – «Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti», 08.00.03 – «Sanoat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1403
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor; Gaibnazarova Zumrad Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori (DSc); 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilishda kichik va yirik biznes sub’ektlari integratsiyasi samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilishda ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi va shaffofligini ta’minlashda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni bekor qilish taklif etilgan; 
uy-joy qurilishi sohasiga investisiyalarni faol jalb qilish, ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish maqsadida yirik qurilish tashkilotlari qurilish-montaj ishlarini ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi taklif etilgan; 
subpudratchilik asosida ish yurituvchi yirik qurilish korxonalarini mol-mulk solig‘idan ozod qilish va iqtisod qilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha subpudratchilarni jalb qilish taklif etilgan;
qurilish sohasida kichik va yirik biznes sub’ektlari integratsiyasi negizida davlat qurilish nazoratini o‘rnatish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni bekor qilishga oid qurilish ishlari hajmini rivojlantirishning 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: qurilishda kichik va yirik biznes sub’ektlari integratsiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilishda ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi va shaffofligini ta’minlashda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 noyabrdagi PF-6119-son “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 09-06/13167-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2021 yil 26 oktyabrdagi №11/05-15-8997-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida, kichik va yirik biznesning integratsion aloqalarida korxona ishchilarining ish bilan bandligi darajasini 0,62 dan 0,77ga hamda texnologik konstruksiyalarni jalb qilish darajasini 0,4 etkazish hisobiga mehnat unumdorligini 8 %ga, mahsulot rentabelligini 1,1 %ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
uy-joy qurilishi sohasiga investisiyalarni faol jalb qilish, ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish maqsadida yirik qurilish tashkilotlari qurilish-montaj ishlarini ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi PQ-4732-son “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 09-06/13167-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2021 yil 26 oktyabrdagi №11/05-15-8997-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qurilishda kichik va yirik biznesning integratsiyalashuvi samaradorligini miqdoriy usullar asosida baholash imkoniyatini yaratgan, hamda Toshkent shaxridagi kichik biznes sub’ektlarining o‘rtacha yillik daromadi 10 foizga oshishi ta’minlangan;
subpudratchilik asosida ish yurituvchi yirik qurilish korxonalarini mol-mulk solig‘idan ozod qilish va iqtisod qilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha subpudratchilarni jalb qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-657-son “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 09-06/13167-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish qurilish sohasida kichik va yirik biznesning optimal nisbatlarini aniqlashga xizmat qilib, natijada Toshkent shahri qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes sub’ektlarining xarajatlarini o‘rtacha 6 foizga kamaytirish imkonini bergan;
qurilish sohasida kichik va yirik biznes sub’ektlari integratsiyasi negizida davlat qurilish nazoratini o‘rnatish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni bekor qilishga oid qurilish ishlari hajmini rivojlantirishning 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 11/05-5-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 09-06/13167-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik va yirik biznes sub’ektlari 2025 yilga borib shaharda amalga oshirilgan qurilish ishlarining real qiymati 11351,9 milliard so‘mni tashkil qilishi, 2020 yilda amalga oshirilgan qurilish ishlarining real qiymatiga nisbatan 1,86 barobarga oshishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish