Isanbaeva Landish Muxamedzakievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon miomasi rivojlanishining klinik-immunogenetik xususiyatlari va uni olib borishning differensial yondashuvini asoslash» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.D Sc/Tib130.
Ilmiy maslahatchilar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Asatova Munira Miryusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ruzibakieva Malika Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori; Kurbanov Djaxangir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sotnikova Natal`ya Yur`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon miomasi rivojlanishining klinik-immunogenetik hususiyatlarini aniqlash va kasallikni olib borishda differensial yondashuvni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub ayollarda bachadon miomasi rivojlanish xavfi 1-sinf HLA antigenlari B-8, A-28, B-22, CW5 genotiplariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi, HLA-A2, V35, CW4 genotiplari esa protektiv xususiyatga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor reproduktiv yoshdagi ayollar oddiy bachadon miomasi tabiiy killer hujayralar (CD16+) miqdorining ortishi va supressor hujayralar (SD8+) miqdorining kamayishida paydo bo‘lishi, aksincha tez o‘suvchi miomada supressor faollikning keskin ortishi va killerlik faollikning keskin susayishi sharoitida rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor tez o‘suvchi miomada IL-1β, MCP-1 va TGF-β2 sitokinlar miqdorining ortishi, IL-2 miqdorining kamayishi organizmda hujayralar etilishi va shakllanishi jarayoni buzilishi xamda kasallikni surunkalashuviga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor MDR1 genining S3435T polimorfizmi ayollar bachadon miomasining rivojlanishi va uning o‘sish tezligi bilan bog‘liqligi va C1236T polimorfizmi esa bachadon miomasi rivojlanishi, klinik kechishida mustaqil omil bo‘lib xizmat qilmasligi aniqlangan;
ilk bor reproduktiv yoshdagi ayollarda hujayradan tashqari DNK (htDNK) miqdorining oddiy va tez o‘suvchi miomada keskin ortishi ularda bachadon miomasining rivojlanishi va klinik kechishi bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon miomasi rivojlanishining klinik-immunogenetik hususiyatlarini aniqlash va kasallikni olib borishda differensial yondashuvni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bachadon miomali ayollar molekulyar-genetik hususiyatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Hujayradan tashqari DNKni aniqlash asosida bachadon miomasi klinik kechishi va davolash samaradorligini prognoz qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 8n-z/422-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon miomasining rivojlanishi, klinik kechishini erta bashoratlash va davolash samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan;
bachadon miomali ayollarda HLA-tizimi antigenlarini tarqalish xususiyatlari aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bachadon miomasi rivojlanishi xavfining HLA-tizimi gistomoslik antigenlarini aniqlashga asoslangan prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 8n-z/422-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon miomasi rivojlanish xavfini erta aniqlashga xizmat qilgan;
bachadon miomasi rivojlanishining klinik-immunogenetik hususiyatlarini aniqlash va olib borishda differensial yondashuvni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruq kompleksi, Buxoro viloyati perinatal markazi, Buxoro shahar 5-oilaviy poliklinika amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 martdagi 08-09/8725-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi reproduktiv yoshidagi ayollarda bachadon miomasi rivojlanishi xavfini erta tashhislash, olib borish taktikasini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktika¬sini qo‘llash hisobiga jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirish xamda iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.