Xudoyberdiev Shuhrat Shamsiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bombyx mori xitozani asosida interpolielektrolit komplekslarning olinishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K278.
Ilmiy rahbar: Voxidova Noira Raximovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Aminjon Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bekchanov Davronbek Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bombyx mori xitozani asosida stexiometrik va nostexiometrik binar va uch komponentli interpolielektrolit komplekslar sintezi, kompleks hosil bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish hamda qo‘llanish sohalarini izlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rN=6,3 bo‘lganda Bombyx mori xitozani asosida binar komplekslar olishning optimal sharoitlari aniqlangan, ularning tarkibi va sirt qavatining zaryadini boshqarish sharoitlari topilgan;
biopolimerlar asosida tashqi qavat zaryadi (Q0, Q-, Q+) boshqariladigan uch komponentli IPEK olish metodikasi ishlab chiqilgan;
ilk bor Bombyx mori xitozani asosida stexiometrik va nostexiometrik IPEK zarrachalarining diffuziya koeffisienti va gidrodinamik diametri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bombyx mori xitozani asosida interpolielektrolit komplekslarning olinishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F-16 “Mahalliy xom ashyo resurslardan foydalanib termoelastoplastlar va qatlamli materiallarning olinishi, xossalari va qo‘llanilishi” mavzusidagi fundamental loyihada Bombyx mori xitozani asosida olingan stexiometrik va nostexiometrik binar va uch komponentli interpolielektrolit komplekslar zarracha o‘lchamlari barqarorligining dastlabki komponentlarning o‘zaro ta’sirlashuv vaqtiga bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalardan qatlamli termoelastoplast materiallar olishda foydalanilgan. Natijada, qatlamli polimer materiallar olish jarayonida sodir bo‘ladigan zarrachalar aglomeratsiya hodisasini ilmiy yondashuv asosida tahlil qilish imkonini bergan;
“Xitozan/Ag nanokompozitlarining olinishi va xitozan molekulyar massasi, atsetillanish darajasi va ion kuchining Ag ni barqarorlashtirishga ta’sirini o‘rganish” loyihasi doirasida nanozarrachalar olishda biopolimerlarning turli nisbatlarida o‘lchami ≥60 nm bo‘lgan xitozan komplekslarini olish usullaridan foydalanilgan (Xitoy fan va texnologiya universiteti, Polimer fanlari va muhandislik kafedrasi ma’lumotnomasi).