Azizova Xolida Mumin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akrilonitril asosida yangi munchoqsimon sorbent sintezi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.06-Yuqori molekulyar birikmalar, 02.00.04-Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K382.
Ilmiy rahbarlar: Babaev Tuygun Mirzaaxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kattaev Nuritdin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Olim Norbekovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilonitrilning geksagidro-1,3,5-triakrililtriazin bilan choklangan sopolimerini gidroksilamin yordamida aminoliz qilish yo‘li bilan yangi munchoqsimon sorbentni sintez qilish va uning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suspenziyali sopolimerlash usulida akrilonitrilning geksagidro-1,3,5-triakrililtriazin bilan yangi o‘zaro bog‘langan sopolimeri sintez qilingan;
ilk bor akrilonitrilning geksagidro-1,3,5-triakrililtriazin bilan choklangan sopolimerini gidroksilamin ta’sirida aminoliz yo‘li bilan yangi munchoqsimon sorbent sintez qilingan;
sintez qilingan yangi choklangan sopolimer va munchoqsimon sorbentning strukturaviy morfologiyasi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
yangi munchoqsimon sorbent ishtirokida suvli eritmadan Cu (II) ionlarini sorbsiyalash jarayonining kinetik va termodinamik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ion almashuvchi va kompleks hosil qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi munchoqsimon sorbent sintezi bo‘yicha ilmiy natijalarga asoslanib:
tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sul`fid va karbonat angidridni tozalash uchun “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning 2021 yil 2-dekabrdagi 992/GK-12-son ma’lumotnomasi). Natijada hajm jihatdan 0,19% H2S va 4,1% CO2 ni o‘z ichiga olgan metanni 99,998% gacha tozalash imkonini bergan;
texnologik eritma tarkibidan temir va molibdat ionlarini ajratib olish uchun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy etilgan (Olmaliq KMK AJ ning 2022 yil 2-martdagi AA-001773-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik eritmadan temir va molibdat ionlarini 100% ajratish imkonini bergan.