Rahimov Abror Anvarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rxoklar, monokul`tura hamda o‘g‘itlar ta’siridagi gidromorf tuproqlarning pedogeokimyoviy xossalarini o‘zgarishi va muhofazasi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B461.
Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Uraimov Tojiddin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar ustida shakllangan sho‘rxoklar, uzoq vaqt g‘o‘za monokul`turasi, mineral va organik o‘g‘itlar ta’sirida bo‘lgan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning xossa va xususiyatlari, meliorativ, gumuslik, biogeokimyoviy, energetik holatlari, makro- va mikroelementlarning fon miqdorlari, unumdorligining o‘zgarishini aniqlash hamda samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rxoklarda uzoq vaqt davomida tabiiy omillar ta’sirida zaharli tuzlarning umumiy miqdori sekinlik bilan kamayib borishi, lekin sodaning doimiy, oz miqdorda bo‘lsada tuzlar tarkibida ishtiroki aniqlangan;
mavsumiy sho‘r yuvishlar, uzoq davr davomida g‘o‘za monokul`turasi, mineral va organik o‘g‘itlar ta’sirida bo‘lgan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda zararli tuzlarning miqdorida jiddiy o‘zgarishlar va sodani hosil bo‘lmasligi, sho‘rlanishning sifat jihatidan sul`fatli guruhga kirishi va xlor ionini yillar davomida mineral va organik o‘g‘itlar fonida jiddiy kamayib borishi isbotlangan;
sho‘rxoklarning sho‘rini yuvgandan so‘ng 50 yil va undan ortiq g‘o‘za monokul`turasi asosida dehqonchilik qilish ta’sirida gumus miqdori sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda ikki barobarga, o‘g‘itlar ta’sirida esa yanada ko‘payishi shu bilan birga o‘g‘itlanmagan variantdan o‘g‘itlangan variantlar tomon gumus energiyasini ortishi aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarda qo‘riq sho‘rxoklarga nisbatan singdirilgan magniy va natriylarning miqdorini keskin kamayishi va bu holatni g‘o‘za monokul`turasida mineral va organik o‘g‘itlar ta’sirida yanada pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sho‘rxoklar, monokul`tura hamda o‘g‘itlar ta’siridagi gidromorf tuproqlarning pedogeokimyoviy xossalarini o‘zgarishi va muhofazasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sho‘rxoklar, sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarining xossa va xususiyatlari, biogeokimyoviy hamda ekologik holatlarining integral ko‘rsatkichlari, degradatsiyasi ma’lumotlari, makro- va mikroelementlar uchun ishlangan fon miqdorlari hamda tuproqlarning sho‘rini yuvishda zararli tuzlar miqdorining indikator mezonlari Namangan viloyati Mingbuloq tumani sho‘rxoklari va sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlari sharoitida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhiti muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 03-02/8-1972-son ma’lumotnomasi). Natijada, meliorativ holati yomon, er osti suvlari ko‘tarilgan saz rejimidagi, sul`fatli tipda sho‘rlangan sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligini qayta tiklash va oshirish, sho‘rxoklarni evolyusiya holatini belgilash hamda er resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qilgan;
gidromorf sug‘oriladigan o‘tloqi saz va qo‘riq sho‘rxoklar pedogeokimyoviy xossalarining o‘zgarishi, muhofazasi bo‘yicha ma’lumotlar ilmiy tavsiyalar, konsepsiyalar va boshqa hujjatlar bu kabi erlardan foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhiti muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 03-02/8-1972-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha qiymatini arzonlashtirish hamda bunday erlarda dehqonchilik qilayotgan unumdorligi past xo‘jaliklar uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish