Shog‘o‘chqorov Sanjar Qodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotoelektrik va fotoissiqlik batareyalari asosida quyoshiy kogeneratsion qurilmalarini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1641. 
Ilmiy rahbar: Yuldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Payzullaxonov Muxammade-Sultanxon Saydivalixonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xujaqulov Saydulla Mirzaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnik-iqtisodiy jihatdan ratsional ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan fotoissiqlik batareyalari asosida quyosh kogeneratsion qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fotoelektrik quyosh batareyasining qizib ketishini kamaytirish maqsadida sovuq suv harakatlanadigan uyali polikarbonatli absorber bilan takomillashtirilgan,  bir vaqtning o‘zida ham elektr ham issiqlik energiyasini olish imkonini beradigan hamda yuqori haroratlarda ham ishonchli ishlaydigan quyosh kogeneratsion qurilmasi ishlab chiqilgan;
fotoelektrik batareyaning nur tushadigan yuzasini chang bilan ifloslanish darajasini aniqlaydigan va siqilgan havo oqimi yordamida changdan tozalash hamda changli sharoitda ham qurilmaning samaradorligini ta’minlash imkonini beradigan mobil` qurilma ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan fotoelektrik batareya-termoelektrik generator tizimining elektrofizik va issiqlik-texnikaviy xarakteristikalarining suv sarfi va zichlashtirilgan quyosh nurlanishining oqimiga bog‘liqligini aniqlash imkonini beruvchi matematik model` ishlab chiqilgan; 
kombinatsiyalashgan fotoelektrik batareya-termoelektrik generator tizimida fotoelektrik qismi o‘lchamlariga mos nikel` qoplamali reflektorlarni qo‘llash orqali fotoelektrik batareya maksimal quvvatining 1,34 marta, termoelektrik generatorning elektr yurituvchi kuchini 1,7 marta ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fotoelektrik va fotoissiqlik batareyalari asosida quyosh kogeneratsion qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
fotoissiqlik batareyalari asosidagi quyosh kogeneratsion qurilmasining takomillashtirilgan varianti «All Solar» MChJda sinovdan o‘tkazilgan («Uzeltexsanoat» uyushmasining 2021 yil 3 dekabrdagi №04-3/2548-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh kogeneratsion qurilmasining FIK an’anaviy FEBning FIKga nisbatan 2% yuqori ekanligi asoslangan;
kunlik 2 kVt·soat elektr energiyasi va 200 litr issiq suv ishlab chiqarish imkoniyatiga ega fotoissiqlik batareya asosidagi quyosh kogeneratsion qurilma Qashqadaryo viloyati Nishon tumani «Toshev Shahzodbek Bekbo‘taevich» fermer xo‘jaligi va Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Boyqo‘rg‘on sara chorva”  xususiy korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7 apreldagi №07/30-04/2045 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy resurslarni sotib olish xarajatlarini kamaytirish, fermer xo‘jaligini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash hisobiga yillik iqtisodiy samaradorlik 30 million so‘mni tashkil etishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish