Ismatov Allamurod Ilxom o‘g‘lining dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproqqa ishlov beradigan, o‘g‘it solib, urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan qurilma parametrlarini asoslash», 05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2713
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02  
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “Tuproqqa ishlov beruvchi-ekuvchi kombinatsiyalashgan agregat” (№  IAP 06272, 2020). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 13 avgustdagi 01-11/2093-son xulosasi.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘alladan bo‘shagan maydonlarda agregatning bir o‘tishida mavjud pushtalarga  yo‘l-yo‘l ishlov berib, takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan kombinatsiyalashgan agregatini ishlab chiqish orqali mehnat va energiya sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘alladan bo‘shagan maydonlarda agregatning bir o‘tishida mavjud pushtalarni buzmasdan tuproqqa belgilangan kenglik va chuqurlikda yo‘l-yo‘l ishlov berish, ishlov berilgan hudud tubiga o‘g‘it solish va urug‘ ekish texnologiyasi yaratilgan;
g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlar urug‘ini ekish uchun mavjud pushtalar ustidagi somon poyalarini pushta profili bo‘yicha maydalash, belgilangan kenglik va chuqurlikda tuproq palaxsasini yumshatish bilan birga qatlam tubiga o‘g‘it solish va urug‘ ekish texnologik jarayonlarini bir o‘tishda bajarib ketadigan kombinatsiyalashgan agregatning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan agregat tayanch maydalagich g‘altagining kengligi pushtaning ishlov beriladigan qismi kengligi va agregatning harakat yo‘nalishidan chetlashishini, g‘altakka o‘rnatiladigan somon maydalagich pichoqlar uzunligi esa g‘altak eni va pichoqlarning ishlov berishda o‘zaro bir-birini qoplashini hisobga olgan holda asoslangan;
mavjud pushtani yumshatish, o‘g‘it solish va urug‘ ekish uchun o‘g‘it va urug‘ o‘tkazgichga ega ikki yarusli o‘qyoysimon yumshatkich ishlab chiqilgan va uning qamrash kengligi ishlov beriladigan yo‘lak kengligi asosida aniqlangan;
tuproqqa ishlov beruvchi-ekuvchi kombinatsiyalashgan agregatning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlari uning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘alladan bo‘shagan maydonlarga yo‘l-yo‘l ishlov berib, takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘alladan bo‘shagan maydonlarga yo‘l-yo‘l ishlov berib, urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan agregatga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Tuproqqa ishlov beruvchi-ekuvchi kombinatsiyalangan agregat», № IAP 06272, 2020 y.). Natijada kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan g‘alla maydonlariga yo‘l-yo‘l ishlov berib takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan kombinatsiyalashgan agregat Samarqand viloyati Okdaryo, Urgut, Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlari fermer xo‘jaliklari hamda “Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari” ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi 02/023-4900-son ma’lumotnomasi). Natijada takroriy ekinlar urug‘ini g‘alla maydonlaridan bir o‘tishda yo‘l-yo‘l ishlov berib urug‘ ekishda yonilg‘i sarfi 55,2-61,4 foizga, mehnat sarfi 49,7-55,2 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 47,3-54,6 foizga kamaygan, kombinatsiyalashgan agregat jami 544,6 ga maydonga joriy qilinishidan har bir gektardan o‘rtacha 4183 ming so‘m, jami 2278 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlik olingan; 
kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 dekabrdagi 02/023-4900-son ma’lumotnomasi). Natijada takroriy ekinlar ekish uchun energiya va metall sarfi kam, ish sifati talab darajasida bo‘lgan kombinatsiyalashgan agregatni  ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish