Kurbonov Abrorjon Yorkinovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘rta tolali g‘o‘zaning yuqori sifatli seleksion ashyosini yaratishda tizmalararo murakkab duragaylashdan foydalanish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx80.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Avtonomov Viktor Aleksandrovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «S-6570» g‘o‘za navi, № NAR 00156, 2017 y.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 26 iyuldagi 02-11/1938-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Verticillium va Fusariumavlodi patogenlariga chidamli, yuqori tola sifatiga hamda xo‘jalik uchun qimmatli belgilarga ega bo‘lgan g‘o‘za navlarini yaratish hamda genetik-seleksion jarayonlarida boshlang‘ich ashyo sifatida fodalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor an`anaviy navlararo duragaylashga nisbatan qimmatli seleksion ashyoni yaratishda tizmalararo murakkab duragaylashning afzalligi isbotlangan;
sun`iy sharoitda Fusarium avlodi patogenlari bilan kasallantirilib, ular ichidan ajratib olingan boshlang‘ich va durugaylar orqali yangi navlar yaratilgan hamda patogenlarga yuqori chidamli bo‘lgan seleksion ashyolar aniqlangan;
qimmatli-xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan Verticillium va Fusarium avlodi patogenlariga chidamli g‘o‘za navlaridan seleksion-genetik jarayonlarida boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan;
fermentlar faolligi va patogenlarga chidamlilik markeri - peroksidaza fermenti asosida viltga chidamli bo‘lgan oltinchi avlod murakkab tizmalararo duragaylar va yovvoyi turlar aniqlangan;
asosiy xo‘jalik belgilari mujassamlashgan oila va tizmalardan amaliy seleksiyada patogenlarga chidamli tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil yangi «S-6570» g‘o‘za navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta tolali g‘o‘zaning yuqori sifatli seleksion ashyolarini yaratish va tizmalar aro murakkab duragaylash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Verticillium va Fusarium avlodi patogenlariga chidamli, yuqori mahsuldor, tezpishar, tola chiqimi va hosildoligi yuqori bo‘lgan «S-6570» g‘o‘za naviga Intelektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (№ NAP 00156, 31.03.2017 y). Natijada g‘o‘zaning yangi «S-6570» navini etishtirish natijasida paxta hosildorligi oshishi va tolaning mikroneyr ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga erishilgan;
g‘o‘zaning yangidan yaratilgan o‘rta tolali «S-6570» navi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 72,1 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 noyabrdagi 02/20-591-son ma`lumotnomasi). Tizmalar aro murakkab duragaylash orqali yaratilgan «S-6570» navidan andoza navlarga nisbatan 2–5 sentner qo‘shimcha paxta hosil olingan, tola chiqimi 37–40 foizga, tolasining mikroneyri 4,1–4,3 ga, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,1-6,8 grammga teng bo‘lgan hamda iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 274,0 ming so‘m va rentabellik darajasi 14-23 foizni tashkil etgan.