Ishanxodjaev Oybek Asror o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Telekommunikatsiya infratuzilmasi monitoringining geoaxborot modellari”, 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1939P.
Ilmiy rahbar: Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent, Amirsaidov Ulug‘bek Boburovich; texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mirsagdiev Orifjon Alimovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geoaxborot texnologiyalari asosida telekommunikatsiya tizimlari monitoringini tuzish tamoyillari, hududiy korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va qarorlarni qo‘llab -quvvatlash uchun axborot ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil aloqa tarmoqlarini loyihalash va radioaloqa bilan qamrab olingan hududlarda maydon kuchlanganligini hisoblash hamda geografik bog‘langan ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish asosida dastur ishlab chiqilgan;
elektromagnit to‘lqinning xalaqit zonasiga bardoshli, birlashtirilgan va qo‘shni joylashgan tarmoq kanallarini qamrov maydoniga ta’sir omilini kiritish orqali geotuzilmaviy imitatsiya modeli ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya tizimlari infratuzilmasini geotuzilmaviy loyihalash monitoringini yurituvchi tahlillash algoritmini kiritish asosida dasturiy modul` ishlab chiqilgan;
signallar tarqalishini bashoratlashning raqamli modeli va quvvat muvozanati kiritish asosida radiochastota spektrining hududiy taqsimlanish samaradorligini baholovchi geoaxborot modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Telekommunikatsiya infratuzilmasi monitoringining geoaxborot modellari, texnologiyalari, va hisoblash algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
telekommunikatsiya infratuzilmasi monitoringi va axborot resurslari bo‘yicha geografik ma’lumotni to‘plash, saqlash va tahlili qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha geoaxborot yondashuv hamda tuzilmaviy imitatsiya modellari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 33-8/5322-son ma’lumotnomasi). Natijada telekommunikatsiya tizimlarining xizmat ko‘rsatish sohalarini tahlil qilishda, ob’ektlar majmuasining asosiy funksiyalarini mukammallashtirishda fazoviy taqsimlangan tarmoqlarni loyihalashtirish sifatini oshirishga erishilgan.
telekommunikatsiya tizimlarining mobil aloqa tarmoqlarini loyihalashda geografik bog‘langan ma’lumotlar asosida qamrov hududlarni hisoblash algoritmlari va hamohang ishlash tuzilmasining imitatsion modellari, ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilishni geoaxborot yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “O‘zbektelekom” AK aloqa tarmoqlarida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 33-8/5322-son ma’lumotnomasi). Natijada telekommunikatsiya tizimlarida mavjud bo‘lgan geo-havolali elektron hamrohlik axborotlaridan foydalanish va manzilli geokodlash samaradorligi oshirish imkonini bergan.