Pardaboev Anvarjon Pardaboy o‘g‘lining
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlaridan foydalanish monitoringini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 11.00.07 – Geoinformatika va 06.01.10–Er tuzish, kadastr va er monitoringi (texnika fanlari) tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2032.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Altiev Abdurashid Sultonovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: geografiya fanlari doktori, professor Komilova Nilufar Karshibaevna, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Raxmonov Qosimdjon Raxmonovich.
Yetakchi tashkilot - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlaridan foydalanish monitoringini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy – amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining miqdoriy va sifat holati monitoringini yuritish usuli geografik axborot tizimi hamda uchuvchisiz uchish qurilmalari (UUQ dronlar) yordamida olingan ma’lumotlar asosida takomillashtirilgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining elektron raqamli kartalarini ArcGIS dasturi asosida yaratishning texnologik bosqichlari amalga oshirish turlari va parametrlari ishlab chiqilgan;
geografik axborot tizimlarini qo‘llash asosida dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining xo‘jalik va ekologik holati monitoringini yuritishda 1:5 000 masshtabli tuproq kartasini yaratish usuli ishlab chiqilgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlari haqidagi axborot bazasini kengaytirish maqsadida dronlardan olingan meta ma’lumotlardan foydalanib erlarning uch o‘lchamli modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining monitoringini yuritishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
geografik axborot tizimi hamda uchuvchisiz uchish qurilmalari (UUQ dronlar) yordamida olingan ma’lumotlar asosida dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining miqdoriy va sifat holati monitoringini yuritish usuli “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4440-son ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining monitoringini yuritishda zamonaviy geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining elektron raqamli kartalarini (ArcGIS dasturi asosida) yaratishning texnologik bosqichlari hamda ularda amalga oshiriladigan ishlar turlari va parametrlarini aniqlash usuli “O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4440-son ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining monitoringini yuritishda elektron raqamli kartalarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
geografik axborot tizimlarini qo‘llash asosida dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining xo‘jalik va ekologik holati monitoringini tashkil etishda tuproq kartasini yaratish usuli “O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4440-son ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining holatini aniqlash orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni agro-texnik asoslash imkoniyati yaratilgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining axborot bazasini kengaytirish maqsadida meta ma’lumotlar asosida erlarning uch o‘lchamli modelini yaratish usuli “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 02/022-4440-son ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari erlarining uch o‘lchamli modelini yaratish orqali erlarning axborot bazasini kengaytirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish