Yusupova Kamola Qobiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi reklama matnlarida imperativlik va uning ifodalanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2061.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammadjon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘rozboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reklamaning mazmuniy mohiyati dominantasi bo‘lmish imperativlik, ya’ni undash, da’vat qilish, ishontirish ma’nosining o‘zbek tilida ifodalanish usullari, mexanizmlari va qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek milliy-madaniy an’anasidagi dastlabki reklama alomatlari, o‘zbek tilidagi reklama matnlari semantikasi, sintaksisi va reklama matnidagi imperativlik pragmatik jihatdan buyruqning alohida, keskin, qat’iy emas, anchayin yumshoqroq tipi ekanligi asoslangan;
reklama tilida imperativ mazmun imperativ shakl, buyruq mayli 2-shaxsdagi fe’llar bilan ifodalangandagiga qaraganda 1- va 3-shaxsdagi fe’llar bilan ifodalanganda buyruqdagi keskinlik anchayin yumshashi ochib berilgan;
reklama tilida imperativ mazmun noimperativ shakllar, aniqlik (ijro) va shart mayllaridagi fe’llar bilan ifodalanganida undash mazmunidagi keskin ohangning yo‘qolishi, reklama matnida undalmalarning, badiiy tasvir vositalari, jumladan, alliteratsiya, assonans, metafora, epitet kabilarning qo‘llanilishi undashning ta’sir kuchini oshirishiga xizmat qilishi asoslangan;
reklama matnida imperativ mazmun ritorik so‘roq gaplar bilan ham ifodalanishi, bunga so‘roq gapdagi qo‘shimcha propozisiyaning birinchi planga chiqib, unga imkon yaratishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi reklama matnlarida imperativlik va uning ifodalanishi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek milliy-madaniy an’anasidagi dastlabki reklama alomatlari, o‘zbek tilidagi reklama matnlari semantikasi, sintaksisi va reklama matnidagi imperativlik pragmatik jihatdan buyruqning alohida, keskin, qat’iy emas, anchayin yumshoqroq tipi ekanligi kabi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2017-2019 yillarda amalga oshirilgan OT-F1-78 «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tilining vazifaviy uslublari asosida)» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar Akademiyasining 2022 yil 18 martdagi 1255-640-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili vazifaviy uslublari shakllanishi va o‘ziga xos jihatlari yuzaga kelishida reklama tilining o‘rni aniq belgilanishiga erishilgan;
o‘zbek tilida uchraydigan ko‘plab reklamaga oid tarixiy va zamonaviy atamalar borasidagi fikrlar, lug‘atning buyruq va undov mayllariga oid so‘zlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2021 yilda nashr qilingan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 1-5-jildlar)ni yaratishda foydalanilgan (O‘zR FA huzuridagi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2022 yil 18 martdagi 1255-640-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atdagi reklamaga oid terminlarning talqini har jihatdan mukammallashgan;
milliy reklama tarixiga oid manbalar tahlillaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borayotgan A-FA-2019-9 shifrli «Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish» amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 4 apreldagi 60/2-22-son ma’lumotnomasi). Natijada grant bazasiga kiritilgan qo‘lyozma va hujjatlar tadqiqida jurnalistika qismi boyishida asosli manba bo‘lib xizmat qilgan.