Elova Dilnoza Davlatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonga yangi texnikalar tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maishiy hayotga ta’siri”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar880.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07
Ilmiy rahbar: Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Safarov Tolib Tojievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda yangi texnikalar tarqalishi va iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy hayotga ta’siri  masalalarini tarixiyjihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri va XX asr dastlabki o‘n yilliklarida mintaqa bo‘ylab bosmaxona asbob-uskunalari, harf terish mashinkasi, elektr, telefon, pochta-telegraf, dazmol, fotoapparat, kinomotografiya, grammafon, patefon, gramplastinka, qo‘lsoati, samovar, radio kabi maishiy texnikalar tarqatilganligi isbotlanib, ularning kirib kelish sanalari aniqlangan;
Turkistonga o‘q otar qurol-yarog‘larning yangi turlari (Berdanka-5, Vinchestr-3, Maksimka, pulemyoti, bronetraspartyor, Nagan, Revol`ver, Engil zambarak, ov miltiqlari) va quruqlik transporti (velosiped, mototsikl`, engil avtomobil`, tramvay) hamda havo floti (havo sharlari, samolyot) kabi texnikalarning kirib kelishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar aniqlanib, ularning tarixiy-xronologik davri ochib berilgan;
yangi texnikalarning Turkiston bo‘ylab tarqatilishida “Rus texnika komiteti”, “Davlat va er mulklari deportamenti”, ko‘ngilli, havaskor dehqon va bog‘bonlar uyushmalari, sanoat bog‘larining egalari, tajriba stansiyasi, tajriba maydonlari va tajriba uchastkalarining texnika omborlari, qishloq xo‘jalik texnikasi va urug‘ tarqatish omborlari yetakchilik qilgani hamda Rossiya va xorijiy davlatlarning texnikasini sotish bilan shug‘ullanadigan vakillarning ko‘chirib keltirilgan rus aholisi bo‘lganligi dalillangan;
Turkiston o‘lkasiga xorijdan keltirilgan plug, seyalka, veyalka, jeneyka, lobogreyka, belo‘roq, suv va bug‘ dvigateli markazdan qochuvchi nasos, traktor kabi texnikalarni o‘z davrida mahalliy aholi «mo‘’jiza» sifatida qabul qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistonga yangi texnikalar tarqalishi va ularningijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maishiy hayotga ta’siri masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston qishloq xo‘jaligiga kirib kelgan yangi texnika va mashinalar, ularning turlari va narx-navosi hamda mintaqa xo‘jalik hayotiga ta’siri masalalariga oid tarixiy rasm, jadval va tajriba-sinov hujjatlari namunalaridan Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatiga qarashli muzey fondlarini boyitishda (Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 24 dekabrdagi 05-02-02/01/780-son ma’lumotnomasi). XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda yangi texnikalar tarqalishiga doir yozilgan dissertatsiya natijalaridan Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi xodimlari hamda Navoiy davlat konchilik institutida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy seminarlarda, davra suhbatlari, metallurgiya sanoatiga oid texnikalarga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan;
Turkistonga yangi texnikalarning tarqalishi tarixi, uning ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotga ta’siri masalalari, bosmaxona va nashriyot ishlariga oid yangi texnikalar, pochta, telegraf, telefon, harf terish mashinkalari, fotoapparat, kinematografiya, grammafon singarilarning o‘lka hayotiga olib kirgan yangiliklardan “O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 2 maydagi 394-186-son guvohnomasi). Natijada darslikning “Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi” deb nomlangan 10-mavzusini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda yangi texnikalar tarqalishining iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy hayotga ta’siri, aholining o‘tgan asr boshlarigacha foydalangan texnika turlari haqidagi ma’lumotlarga bag‘ishlangan natijalardan Buxoro teleradiokompaniyasining “Moziy bisotidan”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan hamda tadqiqot materiallari asosida davra suhbati va muloqotlar uyushtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 noyabrdagi 1/280-son ma’lumotnomasi) Materiallar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarda Rossiya imperiyasi davrida o‘lkaga yangi kirib kelgan texnikalarning turlari, qishloq aholisining mashg‘ulotlari va turmush-tarzi haqida keng tushunchaga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish