Safarova Umida Aliaskarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy fransuz tilida kontaminatsiyaning struktur-semantik aspektlari», 10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. DSc/Fil75.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor, Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy fransuz tilining so‘z va frazeologik so‘zlarning yasalishi tizimida kontaminatsiyaning o‘rnini hamda o‘rganilayotgan tilning kontaminatsiyalangan leksik va frazeologik birliklarining tizimli-semantik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz tilida kontaminatsiyaning o‘ziga xos xususiyatining birlamchi tarkibiy qismlarning reduksiyasi va ularning o‘zaro qo‘shilishining bir martalik ikki tomonlama derivatsion jarayoni natijasida shakliy mazmunga ega birlikning yaratilishini o‘z ichiga olishi dalillangan;
kontaminatsiyalangan so‘zning tarkibiy qismlarining uning o‘zgarmagan tovush tarkibidan grafik jihatdan ajratib ko‘rsatish usullari hamda bu jarayonga uchragan birlamchi birliklarning tovush o‘xshashliklari bilan mavjudligi bo‘lgan holatda vujudga keluvchi fonetik o‘zgarishlarning o‘ziga xos ko‘rinishlari asoslangan;
kontaminatsiyalangan frazeologik birliklar yasalishining kommunikantlarning ongli pragmatik va kam hollarda nominativ-pragmatik faoliyati, ona tilida so‘zlashuvchilarning o‘z fikrlari va hissiyotlarini etkazishdagi e’tiborsizligi, mualliflarning nutq shakllarini alohida frazeologik birliklarini noto‘g‘ri bilishi og‘zaki-badiiy, gazeta-publisistik matnlarda va kundalik uslublarda yangi kontaminatsiyalangan frazeologik birliklarning imtiyozli paydo bo‘lishi va qo‘llanilishini belgilab berishi kabi ekstralingvistik sabablari isbotlangan;
fransuz tilida kontaminatsiyalangan frazeologik birliklarning birlamchi ko‘rinishlarining alohida komponentlari, boshqa bir asosiy frazeologizmning leksik tarkibini kengaytiradigan muayyan birliklarning alohida qismlari, yaxlit tarkibli birlamchi frazeologik o‘zgarishlarning shakllari kabi ko‘rinishlari asoslangan;
fransuz tilida kontaminatsiyalangan frazeologizmlarning birlamchi birliklarining denotativ-muhim mazmuniga nisbatan yangi bo‘lishi, ilk ma’nolardan birining yoki ikkalasining konnotativ jihatdan o‘zgartirilgan varianti bo‘lishi hamda bir yoki bir nechta asosiy frazeologik birliklarning ma’nosi jihatdan hech qanday farq qilmasligi mumkinligi isbotlangan;
okkazional kontaminatsiyalangan birliklarning og‘zaki nutq doirasida paydo bo‘lishi va voqelikning dolzarb hodisalarini aks ettirishi kabi ekstralingvistik omillari hamda shakllarining qisqaligi bilan farqlanishi, frazeologik kontaminatsiyaning birlamchi va ikkilamchi modellari hamda sermahsul frazeologik tuzilmalar asosida shakllanishi, konnotativ jihatdan o‘zgartirilishi, yangi ma’noni moddiylashtirishi va keng omma tiliga genetik jihatdan bog‘lanishi kabi intralingvistik omillari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz tilining kontaminatsiyalangan birliklarini aniqlash, tavsiflash va tasniflash hamda ularning tildagi asosiy funksiyalarini tasniflash jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
fransuz tilida kontaminatsiyaning o‘ziga xos xususiyatining birlamchi tarkibiy qismlarning reduksiyasi va ularning o‘zaro qo‘shilishining bir martalik ikki tomonlama derivatsion jarayoni natijasida shakliy mazmunga ega birlikning yaratilishini o‘z ichiga olishi hamda kontaminatsiyalangan so‘zning tarkibiy qismlarining uning o‘zgarmagan tovush tarkibidan grafik jihatdan ajratib ko‘rsatish usullari hamda bu jarayonga uchragan birlamchi birliklarning tovush o‘xshashliklari bilan mavjudligi bo‘lgan holatda vujudga keluvchi fonetik o‘zgarishlarning o‘ziga xos ko‘rinishlariga oid xulosalardan IOT-2012-1-32 “Filologiya va Tarjimonlik yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanidan darslik va o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi  innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand Davlat chet tillar institutining 17 yanvar 2022 yildagi 69/30.03.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiali kontaminatsiyalangan so‘zning tarkibiy qismlarini uning o‘zgarmagan tovush tarkibi bilan grafik jihatdan ajratib ko‘rsatish usullarini batafsil aniqlash va tahlil qilish imkonini berdi, og‘zaki va yozma muloqotda kontaminatsiyalangan birliklarning paydo bo‘lish sabablari aniqlangan;
fransuz tilida kontaminatsiyalangan frazeologik birliklarning birlamchi ko‘rinishlarining alohida komponentlari, boshqa bir asosiy frazeologizmning leksik tarkibini kengaytiradigan muayyan birliklarning alohida qismlari, yaxlit tarkibli birlamchi frazeologik o‘zgarishlarning shakllari kabi ko‘rinishlariga oid xulosalardan YoA-1-06 “Professional tarjimonlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni tashkil etishga vakolatli yondashuv” fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2019 yil 21 oktyabrdagi 04/11-6063-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari leksik, frazeologik, morfologik va sintaktik kontaminatsiyalangan birliklarni to‘g‘ri tarjima qilishga va kontaminatsiyalangan birliklarda tovush o‘xshashligi mavjud bo‘lgan holda fonetik o‘zgarishlarning qonuniyatlarini o‘rnatishga yordam bergan;
fransuz tilida kontaminatsiyalangan frazeologizmlarning birlamchi birliklarining denotativ-muhim mazmuniga nisbatan yangi bo‘lishi, ilk ma’nolardan birining yoki ikkalasining konnotativ jihatdan o‘zgartirilgan varianti bo‘lishi hamda bir yoki bir nechta asosiy frazeologik birliklarning ma’nosi jihatdan hech qanday farq qilmasligi mumkinligiga oid xulosalardan Alliance Français de Tachkent tomonidan o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treningda foydalanilgan (Toshkent-Fransuz Alyansining 2019 yil 13 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarini qo‘llash leksikani o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga yordam berdi, xususan, og‘zaki va yozma muloqot sharoitida fransuz tilining kontaminatsiyalangan birliklarning paydo bo‘lish sabablari ko‘rsatib o‘tilgan;
okkazional kontaminatsiyalangan birliklarning og‘zaki nutq doirasida paydo bo‘lishi va voqelikning dolzarb hodisalarini aks ettirishi kabi ekstralingvistik omillari hamda shakllarining qisqaligi bilan farqlanishi, frazeologik kontaminatsiyaning birlamchi va ikkilamchi modellari hamda sermahsul frazeologik tuzilmalar asosida shakllanishi, konnotativ jihatdan o‘zgartirilishi, yangi ma’noni moddiylashtirishi va keng omma tiliga genetik jihatdan bog‘lanishi kabi intralingvistik  omillariga oid xulosalalardan  I-204-4-5 “Ingliz tilining maxsus fanlari bo‘yicha axborot-kommunikatsion texnologiyalariga asoslangan virtual resurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish” innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand Davlat chet tillar institutining 16 dekabr 2019 yildagi 2180/30.03.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, okkazional kontaminatsiyalangan birliklarning vazifalarini yoritish va an’anaviy frazeologizmlarni aniqlash mezonlarini aniqlashtirish imkonini bergan;
kontaminatsiyalangan frazeologik birliklar yasalishining kommunikantlarning ongli pragmatik va kam hollarda nominativ-pragmatik faoliyati, ona tilida so‘zlashuvchilarning o‘z fikrlari va hissiyotlarini etkazishdagi e’tiborsizligi, mualliflarning nutq shakllarini alohida frazeologik birliklarini noto‘g‘ri bilishi og‘zaki-badiiy, gazeta-publisistik matnlarda va kundalik uslublarda yangi kontaminatsiyalangan frazeologik birliklarning imtiyozli paydo bo‘lishi va qo‘llanilishini belgilab berishi kabi ekstralingvistik sabablariga oid xulosalardan Samarqand viloyati radiosining “Talim va taraqqiyot” dasturini tayyorlash ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 18 mart 2020 yildagi 09-02/122-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvistik adabiyotda til tizimida so‘z yasalishi, o‘rni va maqomining shakllanish muammolarini o‘rganishda, yangi leksik va frazeologik birliklarni yaratishning har bir usulining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda muhim o‘rin tutishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish