Rahmonov Bahodir Mamajonovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek xalq  og‘zaki ijodiyoti janrlarining postfol`klor sharoitidagi holati va funksional xususiyatlari”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil138.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaeva Salimaxon Rayimjanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Yormatov Isamidin Turg‘unovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raxmanov Nasimxon Askarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umurzak Abdurazakovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek fol`klori an’anaviy janrlarining postfol`klor sharoitidagi evrilish holatlarini aniqlash va ularning elektron axborot vositalari ko‘magida bugungi ijtimoiy-ma’naviy muammolarni aks ettirishga qay darajada qodirligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek fol`klorshunosligida ilk marotaba an’anaviy doston, ertak, afsona, rivoyat, naql, qo‘shiq, lapar va boshqa janrlar jonli ovoz orqali ijro etilishi, shu bilan birga doston, qo‘shiq, lapar janrlarining ijrosida soz (do‘mbira, doira, garmon) ishtirokining yo‘qolganligi hamda ularning bugungi postfol`klor jarayonida ommaga kitobiy nashr ko‘rinishidagina adabiy-estetik ta’sir etayotganligi aniqlangan;
Internetlor (Internet-fol`klor) postfol`klor hamda o‘zbek fol`klorining janrlar tarkibida zamon muammolarini hozir ham badiiy aks ettiradigan latifa, o‘lan, lapar va lof janrlari mavjudligi asoslangan;
XX asrning 40-yillariga kelib mamlakatni jadal industrlashtirish va elektrlashtirish siyosati ta’siridagi ijtimoiy-maishiy o‘zgarishlar, jumladan, yoppasiga kirill yozuvidagi savodxonlik oqibatida keng ommaning yozma adabiyot bilan yaqindan tanishuvi va boshqa madaniy sabablar tufayli xalq eposining davomiyligini ta’minlovchi epik ong, epik bilim va epik xotira kabi badiiy-estetik omillar kuchsizlanib, xalq dostonlarining ommaviy tinglanishi va yangidan yaratilishi to‘xtaganligi hamda postfol`klor sharoitida uning muvaffaqiyatsiz modifikatsiyalari paydo bo‘lganligi aniqlangan;
xalq latifalarini ifodalovchi universal syujet va badiiy qurilmaga xos o‘tmish va ayni zamon voqeligini bir xilda qisqa va lo‘nda shaklda ifodalaydigan, mazmunan makon va zamon chegarasini bilmaydigan, sodda hozirjavob dialog hamda ommabop kompozisiya va yagona konfliktlikka asoslanuvchi, xotirada mustahkam saqlanuvchi xalq donoligini aks ettiruvchi jihatlar asoslangan;
afandi siymosining yagona qahramon, universal makon va zamon qamroviga ega bo‘lganligi hamda syujet va kompozisiyaga asoslanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti janrlarining postfol`klor sharoitidagi holati va funksional xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy qilingan:
o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti janrlarining postfol`klor sharoitidagi holati va funksional xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan 2018-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 18 oktyabrdagi 17.02/252 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq ijodiyoti janrlarining postfol`klor sharoitidagi holati va funksional xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
postfol`klor sharoitida an’anaviy o‘zbek fol`klori janrlari tarkibida zamonaviy muammolarni badiiy aks ettirishga xizmat qiluvchi muayyan qatlamning xali mavjudligi, ijrodan so‘nib borayotgan janrlar o‘rnini esa tezkor axborot kommunikatsiyalari tashiyotgan kontent mohiyatidan kelib chiquvchi postfol`klor, internetlor janrlari egallayotganligi to‘g‘risidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlar to‘garagi seminarida 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti” Antologiya xrestomatiyasining fol`klor janriga oid bo‘limlarini tuzishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi 2021 yil 18 oktyabrdagi 121-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti janrlarining postfolk`lor sharoitidagi holati va funksional xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zbek an’anaviy fol`lkor janrlarining yangi zamon sharoitidagi holati va estetik vazifalari xalq eposining davomiyligini ta’minlovchi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishiga oid “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” 50-bandi “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” kabi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda ““Milliy qadriyatlar” festivalini o‘tkazish” kabi mavzulardagi maqsadli va manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda dissertatsiya materillaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2022 yil 3 martdagi 02/02-440/2-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlod kamoloti uchun xizmat qilib kelgan afsona, rivoyat va naqllarga xos g‘oyalarga bo‘lgan hozirgi ma’naviy ehtiyoj sabablari, ammo mazkur janrlarining yangi real voqelikni aks ettirishga xizmat qilgan;
xalq latifalarini ifodalovchi universal syujet va badiiy qurilmaga xos o‘tmish va ayni zamon voqeligini bir xilda qisqa va lo‘nda shaklda ifodalaydigan, mazmunan makon va zamon chegarasini bilmaydigan, sodda hozirjavob dialog hamda ommabop kompozisiya va yagona konfliktlikka asoslanuvchi, xotirada mustahkam saqlanuvchi xalq donoligini aks ettiruvchi jihatlar kabi xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 09 oktyabrdagi 04-25-1760-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlar mazmun-mohiyati o‘zbek fol`klorining janrlar tarkibida zamon muammolarini hozir ham badiiy aks ettirishga qodir bo‘lgan janrlar mavjudligiga doir ilmiy xulosalar asosida  boyitilgan hamda radiodasturlarda berilgan bu kabi  ilmiy natijalar tinglovchilarning muloqot madaniyati, ommaviy muloqot savodxonligi borasidagi bilimlarini shakllanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish