Nurmatov Akramjon Raxmanalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy aloqalari tizimida (antik davr va ilk o‘rta asrlar davri)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar.421.
Ilmiy rahbar: Eshov Boxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysining mintaqa sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini antik davr va ilk o‘rta asrlar davri iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixi doirasida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar davridagi mintaqaviy va transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalarda tutgan etnomadaniy, qadimiy urf-odatlari, yashash tarzi, iqtisodiy-maishiy hayotining o‘rni aniqlanib, miloddan avvalgi I mingyillikning o‘rtalarida skif-saklar, milodiy bir mingyillik o‘rtalarigacha xun (syunnu), yuechji va usunlar, ilk o‘rta asrlarda esa turli turkiy qabila va urug‘lar bilan tig‘iz etnomadaniy aloqalarga kirishganligi isbotlangan;
antik va ilk o‘rta asrlarda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy  tarixiy-geografik jarayonlar Farg‘ona vodiysining Maraziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatiga ta’sir etganligi, iqtisodiy munosabatlar va madaniy aloqalarda namoyon bo‘lganligi ochib berilgan;
Farg‘ona vodiysida antik va ilk o‘rta asrlar davridagi iqtisodiy va madaniy aloqalari davlatchilik, urbanizatsiya jarayonlari, shaharlar va qishloqlar o‘rtasidagi munosabatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarga rivojlanish nuqtai nazardan ta’sir etganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysining qadimgi o‘zaro munosabatlarda, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarining kuchayishida mintaqadagi migratsiya jarayonlarining jadallashuvi sabab bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antik va ilk o‘rta asrlar davri Farg‘ona vodiysining iqtisodiy va madaniy transmintaqaviy aloqalar tizimidagi o‘rni mavzusini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy hulosa hamda takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysining qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar davridagi mintaqaviy va transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalarda tutgan etnomadaniy, qadimiy urf-odatlari, yashash tarzi, iqtisodiy-maishiy hayotining o‘rni yozma manbalar asosida aniqlanib, miloddan avvalgi I mingyillikning o‘rtalarida skif-saklar, milodiy bir mingyillik o‘rtalarigacha xun (syunnu), yuechji va usunlar, ilk o‘rta asrlarda esa turli turkiy qabila va urug‘lar bilan tig‘iz etnomadaniy aloqalarga kirishganligi, antik va ilk o‘rta asrlarda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy  tarixiy-geografik jarayonlar Farg‘ona vodiysining Maraziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatiga ta’sir etganligi, iqtisodiy munosabatlar va madaniy aloqalarda namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan holda Namangan viloyat tarixi va madaniyati muzeyida “Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy aloqalari tizimida” mavzusidagi dissertatsiya ishida mavjud ma’lumotlar asosida yangi ko‘rgazma tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy meros departamentining 2021 yil 9 iyuldagi 01-05/1251-son ma’lumotnomasi). Bunday ko‘rgazmalar O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan arxeologik va manbashunoslik hujjatlari yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini ko‘tarishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida antik va ilk o‘rta asrlar davridagi iqtisodiy va madaniy aloqalari davlatchilik, urbanizatsiya jarayonlari, shaharlar va qishloqlar o‘rtasidagi munosabatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarga rivojlanish nuqtai nazardan ta’sir etganligini Axsikent xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasi tomonidan nashr etilgan “Buyuklarga beshik bo‘lgan Axsikent yoxud Farg‘ona allomalari”, “Yangi Axsikent: tarixshunoslik tahlili”, “Axsikent afsonalari” ilmiy asarlarini, shuningdek, nashrga tayyorlanayotgan “Arxiyon - bu Oyqirondir”, “Farg‘ona vodiysi Sharqiy Turkiston mug‘ullar bosqini arafasida” kabi asarlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahar “Axsikent” xalqaro ilmiy tadqiqot jamoat birlashmasining 2021 yil 5 iyundagi 31/06-21-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysining antik davr va ilk o‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy aloqalari tizimida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish