G‘aniev Muhammadamin Avazbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy romanda syujet va kompozisiya (Nurali Qobulning “Sultonning so‘nggi kuni yoxud Amir Sohibqiron va To‘xtamishxon” romani misolida)” 10.00.02¬ – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1425.
Ilmiy rahbar: Kasimov Abdugapir Abdikarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori; Sattorova Gulnoz Yunusovna, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tarixiy romanlarida syujet va kompozisiya masalasini Nurali Qobulning “Sultonning so‘nggi kuni yoxud Amir Sohibqiron va To‘xtamishxon” asari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek nasrida epopeya hamda uning tarkibiga kirgan tarixiy romanda epik an’analar, tarixiy voqealikni badiiy idrok etishdagi tarixiylik, umuminsoniylik va zamonaviylik tamoyillarga amal qilinganligi asoslangan;
epopeyada Amir Temur obrazi orqali birinchi marta g‘aznaviylar, anushteginlar, temuriylar kabi turkiy sulolalarning o‘rni va roli badiiy estetik-jihatdan ta’riflanganligi ochib berilgan;
Nurali Qobulning tarixiy davr, obrazlar tasviri orqali tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga hamda ijodiy konsepsiya darajasiga olib chiqish uchun milliy kolorit va badiiy nutq shakllaridan mahorat bilan foydalangani asoslangan;
umumiy epopeyaga xos ko‘lamdorlik, xalq hayotining keskin burilish davrini obraz darajasiga olib chiqishda yozuvchining talqin va tasvir imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi zamon o‘zbek tarixiy romanchiligida syujet va kompozisiya, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima masalalari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurali Qobulning tarixiy davr, obrazlar tasviri orqali tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga hamda ijodiy konsepsiya darajasiga olib chiqish uchun milliy kolorit va badiiy nutq shakllaridan foydalanish mahoratiga oid xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida “Adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar” bo‘limi tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-80- “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” nomli fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 4 fevraldagi 3/1255-249-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada nazarda tutilgan badiiy adabiyotda tarixiy va zamondosh obrazlar tadqiqi yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
epopeyada Amir Temur obrazi orqali birinchi marta g‘aznaviylar, anushteginlar, temuriylar kabi turkiy sulolalarning o‘rni va roli badiiy estetik-jihatdan ta’riflanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqish, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlash hamda ijodkor yoshlar uchun turli seminarlar va tadbirlar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 13 yanvardagi 3-13-23-86-son ma’lumotnomasi). Natijada chora-tadbirlar rejasi ilmiy asoslar, davlatchilik tarixining badiiy tasviriga oid tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek nasrida epopeya hamda uning tarkibiga kirgan tarixiy romanda epik an’analar, tarixiy voqealikni badiiy idrok etishdagi tarixiylik, umuminsoniylik va zamonaviylik tamoyillarga amal etilganligi asoslangan xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Kun mavzusi”, “Ochiq muloqot”, “Ma’rifat izlab” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 6 yanvardagi 5 - son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan.