Nasrullaeva Gulshan Samadovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antropomorfik  metaforaning sotsiolingvistik xususiyatlari va leksikografik tadqiqi masalalari”, 10.00.11 –  Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc./Fil276.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antropomorfik metaforani lingvomodaniy va  sotsiolingvistik aspektda lisoniy shaxs, lisoniy jamiyatning ob’ektiv borliqqa munosabati doirasida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antropomorfik metaforaning lison va nutqqa daxldorligi, lisoniy shaxs va til jamiyatining ob’ektiv borliqqa munosabatini namoyon etishi, ularning umumiy fonida hayvonlar bilan taqqoslash asosida inson hayotining kasbiy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi ekspluatatsiyasiga ko‘ra metaforalar farqlanishi asoslangan;  
kognitiv-pragmatik mexanizm sifatida turli uslubga doir matnlarda antropomorfik metaforaning qo‘llanilishi hamda ular anglatgan ko‘chma ma’nolar kommunikantlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, mavqe-martabasi kabi sotsial belgilarga ko‘ra dalillangan;
metaforalarning metonimiya, sinekdoxa kabi yondosh hodisalardan o‘zining mantiqiy qiymati, qo‘llanish sferasi, madaniy mohiyati bilan farqi, badiiy va sinestetik kabi ichki turlari hamda uyg‘unlashuv va moslashuv munosabatlarining yorqin xususiyatlarini o‘zida namoyon qiluvchi stilistik vazifalari aniqlangan;
antropomorfik metaforaning gender jihatdan sotsial xoslanishi insonlardan boshqa narsa-buyum, voqea-hodisalarni ifodalaganda ayollarga xos shakliy, belgi va harakat-holatlardan lingvomadaniy aspektda foydalanishi ochib berilgan;
antropomorfik metaforalarning leksikografik xususiyati, ularni lug‘atlarga jamlash me’yorlari hamda shu doirada yaratilgan leksikografik ishlarni milliy til korpusiga joylashtirishda metaforik so‘zlarning umumiste’moldagi birlamchi ma’nosi, komponent tarkibi, metafora va omonim so‘zlarning farqlanishi, tilning grammatik, leksik, pragmatik hamda sotsiolingvistik xususiyatlari bilan bog‘liq tamoyillarga asoslanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antropomorfik  metaforaning sotsiolingvistik xususiyatlari va leksikografik tadqiqi masalalarini mushtaraklikda yoritish yuzasidan tadqiq etish buyicha olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
kognitiv-pragmatik mexanizm sifatida turli uslubga doir matnlarda antropomorfik metaforaning qo‘llanilishi hamda ular anglatgan ko‘chma ma’nolar kommunikantlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, mavqe-martabasi kabi sotsial belgilari xususidagi xulosalardan FA-FI-G003-sonli  “Hozirgi qoraqalpoq tilida  funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar  ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 sentyabrdagi  17-01-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida antropomorfik metaforalarning qo‘llanilishi, ular anglatgan ko‘chma ma’nolar bo‘yicha ilmiy izohlar tuzilgan;
antropomorfik metaforaning lison va nutqqa daxldorligi, lisoniy shaxs va til jamiyatining ob’ektiv borliqqa munosabatini namoyon etishi, ularning umumiy fonida hayvonlar bilan taqqoslash asosida inson hayotining kasbiy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi ekspluatatsiyasi orqali metaforalar farqlanishi xususidagi xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan nashr etilgan lug‘atlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2021 yil 16 noyabr` 30/1- 3850-son ma’lumotnomasi) .Natijada, o‘quvchilarda zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga mo‘ljallangan ilmiy-ommabop lug‘atlar takomillashtirilgan;
antropomorfik metaforaning gender jihatdan sotsial xoslanishi insonlardan boshqa narsa-buyum, voqe’a-hodisalarni ifodalaganda ayollarga xos shakliy, belgi va harakat-holatlardan lingvomadaniy aspektda foydalanishiga oid ilmiy xulosalardan 2020-2021 yillarda Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” adabiy birlashmasining targ‘ibot faoliyatida, xususan birlashma tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-nazariy konferensiyalar hamda o‘zbek tiliga, o‘zbek va qozoq olimlarining ilmiy-ijodiy hamkorligiga  bag‘ishlangan ilmiy-adabiy  tadbirlarda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etnomadaniyat birlashmalari  “Do‘stlik” hamjamiyatining 2022 yil 2 fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Natijada, Qozog‘istondagi o‘zbek maktablari o‘quvchilarining  o‘zbek tili metaforalari bo‘yicha   nazariy va  amaliy va mantiqiy jihatdan  zarur bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga erishildi;
antropomorfik metaforalarning leksikografik xususiyati, ularni lug‘atlarga jamlash me’yorlari hamda shu doirada yaratilgan leksikografik ishlarni milliy til korpusiga joylashtirishda metaforik so‘zlarning umumiste’moldagi birlamchi ma’nosi, komponent tarkibi, metafora va omonim so‘zlarning farqlanishi, uslubiy, iste’mol doirasiga ko‘ra tavsifi, tilning grammatik, leksik, pragmatik hamda sotsiolingvistik xususiyatlari bilan bog‘liq tamoyillarga asoslanishiga oid xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan  “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani  bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 26 yanvardagi 1-04-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish o‘zbek milliy raqs san’ati terminlarining metaforik xususiyatlarini o‘rganish, tadqiq qilish imkonini bergan;
metaforalarning metonimiya, sinekdoxa kabi yondosh hodisalardan o‘zining mantiqiy qiymati, qo‘llanish sferasi, madaniy mohiyati bilan farqi, badiiy va sinestetik kabi ichki turlari hamda uyg‘unlashuv va moslashuv munosabatlarining yorqin xususiyatlarini o‘zida namoyon qiluvchi stilistik vazifalariga doir ilmiy xulosalardan 2020 – 2021 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Ijod zavqi” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “O’zbekiston” teleradiokanalining 2021yil 9 noyabrdagi  04-25-1761-son ma’lumotnomasi). Natijada, radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning muloqot madaniyati, ommaviy muloqot savodxonligi borasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish