Bobomurodova Latofat Elmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1943.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirishning texnologik xaritasi taqqoslash, assotsiativ aloqalarni o‘rnatish, xususiyatlarni aniqlash, ifodalash, tekshirish kabi tafakkur operatsiyalarini bosqichma-bosqich qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarini tayyorlashda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlarining klasterli modeli jadal moslashuvchan va sinektik xarakterdagi ta’lim texnologiyalarini tizimli qo‘llashning baholash mezonlari komponentlariga adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy-metodik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari mashg‘ulotlarda ixtirochilik masalalarini echish algoritmi (IMEA) va ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (IMEN) yondashuvlarini qo‘llash tamoyillarining intensivligi va produktivligini belgilash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarida ijodkorlik sifatlarining tasnifi kreativlikni belgilovchi ijtimoiy, intellektual va aksiologik xususiyatlarning sub’ektga xos indikatorlari natijadorligiga ustuvorlik berish asosida  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kreativlikni belgilovchi ijtimoiy, intellektual va aksiologik xususiyatlarning sub’ektga xos indikatorlari natijadorligiga ko‘ra bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarida ijodkorlik sifatlarining tasnifiga talablarni guruhlashtirishga oid takliflardan 5112100–Texnologik ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Texnik ijodkorlik va dizayn” faning mazmuni va didaktik ta’minotini takomillashtirishda  foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining 2022 yil 11 yanvardagi 03-04-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasalarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalarda o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash kompetensiyalarini shakllantirish jarayonini, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga va ta’lim sifati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarini tayyorlashda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlarining klasterli modeli jadal moslashuvchan xarakterdagi ta’lim texnologiyalarini tizimli qo‘llashning baholash mezonlari komponentlariga adaptivligini ta’minlash, innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirishning texnologik xaritasi taqqoslash, assotsiativ aloqalarni o‘rnatish, xususiyatlarni aniqlash, ifodalash, tekshirish kabi tafakkur operatsiyalarining bosqichma-bosqich qo‘llash algoritmini belgilashga oid takliflar asosida maktab o‘quvchilarining hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantiruvchi «Technology crafts» nomli Web sayt yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2020 il 07 dekabrdagi 09642-son guvohnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining innovatsion, kasbiy-kreativlik, konstruktivlik, ixtirochilik, izlanuvchanlik, yaratuvchanlikka oid ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy-metodik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari mashg‘ulotlarda ixtirochilik masalalarini echish algoritmi (IMEA) va ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (IMEN) yondashuvlarini qo‘llash tamoyillarining intensivligi va produktivligini belgilash tamoyillariga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ilmiy-metodik Kengashining 2021 yil 29 oktyabrdagi 3-son yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan “Texnologiya” fanini takomillashtirish jarayonida sohaga tegishli me’yoriy-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining 2022 yil 11 yanvardagi 03-04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarini amaliy va mustaqil ta’lim jarayonlarida ijodiy fikrlashi, kasbiy-metodik ijodkorligini rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalar, takliflarning “Texnologiya” fani bo‘yicha uzluksiz ta’lim mazmuniga singdirilishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish