Xamzaev Shavkat Abdirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xoja Ahmad Yassaviyning irfoniy-falsafiy qarashlari, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal302.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Toxirovich falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Maxsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Mamatjon Axmadjonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad Yassaviy ma’naviy merosini asoslash hamda yosh avlod tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ahmad Yassaviy tariqatini turkiy xalqlarning ruhiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy darajasiga muvofiq kelishi uning “turkiy zabonda ifodalagani” bilan bog‘liqligi hamda Xoja Ahmad Yassaviy ma’naviy merosidagi xalqlar o‘rtasida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g‘oyalari bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligi falsafiy kategoriyalar kontekstida aniqlangan;
o‘rta asrlarning murakkab tarixiy sharoitida Ahmad Yassaviyning to‘g‘rilik, sofdillik, odillik, insof va diyonat singari konstruktiv g‘oyalari turkiy xalqlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirishda poydevor vazifasini bajarganligi mantiqiy dalillangan;
Yassaviy tariqatining ijtimoiy-falsafiy, diniy-irfoniy, ma’naviy-axloqiy qarashlaridagi insonni asl komillikka eltadigan imon va e’tiqodda sobitlik, halollik va poklik, umr kechirishdan asl maqsad – Haqqa erishi yo‘lida mashaqqat-riyozat chekish kabi tamoyillarning Markaziy Osiyo mutafakkirlari (Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor, Boborahim Mashrab) ilmiy-ma’naviy merosida yetakchilik qilganligi asoslangan;
Xoja Ahmad Yassaviyning ilmiy-tasavvufiy merosidagi insonning ruhiy kamoloti, insoniylikka oid ilm-ma’rifat egallash, himmat va saxovat tuyg‘ularini kamol toptirish, nafsga qarshi kurashishda sobit bo‘lish, halol mehnat bilan rizq topish kabi g‘oyalari yoshlarda kuchli qat’iyat, mas’uliyat va sabr-qanoatni shakllantirishda muhim asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Montenning etuk axloqiy shaxsni shakllantirishning falsafiy omillarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Ahmad Yassaviy tariqatini turkiy xalqlarning ruhiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy darajasiga muvofiq kelishi uning “turkiy zabonda ifodalagani” bilan bog‘liqligi hamda Xoja Ahmad Yassaviy ma’naviy merosidagi xalqlar o‘rtasida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g‘oyalari bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligiga oid nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining A-1-149 raqamli ilmiy-tadqiqot granti doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston falsafasi tarixi” (uch tomlik, o‘zbek tilida) ensiklopediyasining III tomini tayyorlash va nashrdan chiqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 4 avgustdagi 23-son dalolatnomasi). Natijada, ensiklopediyaning eksponatini boyitishga va falsafa tarixi darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘rta asrlarning murakkab tarixiy sharoitida Ahmad Yassaviyning to‘g‘rilik, sofdillik, odillik, insof va diyonat singari konstruktiv g‘oyalari turkiy xalqlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirishda poydevor vazifasini bajarganligiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi OT-F1-106-“O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 25 avgustdagi 04/11-4388-son dalolatnomasi). Natijada, ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini ortishiga va ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
Yassaviy tariqatining ijtimoiy-falsafiy, diniy-irfoniy, ma’naviy-axloqiy qarashlaridagi insonni asl komilikka etadigan imon va e’tiqodda sobitlik, halollik va poklik, umr kechirishdan asl maqsad – Haqqa erishi yo‘lida mashaqqat-riyozat chekish kabi tamoyillarning Markaziy Osiyo mutafakkirlari (Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor, Boborahim Mashrab) ilmiy-ma’naviy merosida yetakchilik qilganligiga oid nazariy xulosalar, hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan Respublikamizdagi ta’lim muassasalari va hududlarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng tadbiq etilib, Markaz tomonidan VIII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasini nashr ettirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2021 yil 17 avgustdagi 02/327-son dalolatnomasi). Natijada, ensiklopediyaning mavzularini ilmiy manbalar bilan boyitishga va yoshlar ongida mintaqamizga xos tarbiyaviy ta’limotlarining ma’naviy hayotimizga pozitiv ta’siri, turli mutaassib diniy oqimlarning g‘oyalariga qarshi kurashuvchi mustahkam mafkuraviy immunitetini shakllantirishiga xizmat qilgan;
Xoja Ahmad Yassaviyning ilmiy-tasavvufiy merosidagi insonning ruhiy kamoloti, insoniylikka oid ilm-ma’rifat egallash, himmat va saxovat tuyg‘ularini kamol toptirish, nafsga qarshi kurashishda sobit bo‘lish, halol mehnat bilan rizq topish kabi g‘oyalari yoshlarda kuchli qat’iyat, mas’uliyat va sabr-qanoatni shakllantirishda muhim asosga ega ekanligiga xulosalar hamda takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqandǃ” ko‘rsatuvi hamda “Radio reportaj” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasiining 2021 yil 16 avgustdagi 09-01/437-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni ajdodlarimizning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash, ajdodlarimiz tasavvufiy, ma’naviy merosini komil inson tarbiyasidagi ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.