Xayitboboeva Xurshida Pirmaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davri O‘zbekiston amaliy san’atida an’ana va innovatsiya», 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/San154.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, O‘z RFA akademigi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Masharib Saydamatovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri XXI asr boshlaridagi o‘zbek xalq amaliy san’atining rivojlanish yo‘li, an’ana va innovatsiyalarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillarida kulolchilik buyumlarini sirlash texnologiyasida “ishqor” siri asosiy o‘ringa chiqqanligi va qirqbo‘g‘in, gulob, sara buyrak, chor oynak, chog‘on kabi o‘simliklardan tabiiy bo‘yoq olish ommalashganligi dalillangan;
kashtachilikda “yak moxu chor shox”, “chor chiroq”, “to‘rli”, “rombsimon nusxa”, “erkin naqsh”, “chiziqli nusxa” kabi an’anaviy badiiy kompozisiyalarning “turk osmon lola guli” naqshlari hamda Sharq miniatyura san’ati bilan uyg‘unlashgan holda so‘zanalar, yostiq jildlari, milliy ayollar sumkalari va ustki kiyimlarida naqsh turi sifatida qo‘llanayotganligi aniqlangan;
zamonaviy yog‘och o‘ymakor ustalar ijodida an’anaviy serbezak xontaxtalar, o‘ymakori to‘siqlarni yaratishga talabning kamayganligi, ichki va tashqi turizmga mo‘ljallangan miniatyuraga xos va naqqoshlik kompozisiyalari aks etgan laganlar, kosalar, kursi, lavh, quticha, devoriy panno hamda qalamdon kabi buyumlarni yaratish ommalashganligi aniqlangan;
Samarqand, Buxoro, Marg‘ilonda tarixiy binolar va ulardagi naqshlar hamda bog‘ ko‘rinishini ifodalovchi mavzularda ipak gilamlar ishlab chiqarish urfga kirgani, Surxondaryoda “gajari”, “terma”, “qoqma”, “taqir gilam”lar, Qashqadaryoda “bozor gilam”, “arabi gilam”, kabi buyumlar tabiiy ranglardagi iplardan to‘qilib, qadimgi an’analarga xos badiiylik va sifat darajasini saqlab kelayotgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri O‘zbekiston amaliy san’atida an’ana va innovatsiya yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy yog‘och o‘ymakor ustalar ijodida an’anaviy serbezak xontaxtalar, o‘ymakori to‘siqlarni yaratishga talabning kamayganligi, ichki va tashqi turizmga mo‘ljallangan miniatyuraga xos va naqqoshlik kompozisiyalari aks etgan laganlar, kosalar, kursi, lavh, quticha, devoriy panno hamda qalamdon kabi buyumlarni yaratish ommalashganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-2017-0930403-raqamli “Yoshlarni ma’naviy immunitetini mustahkamlashda islom tasviriy san’atining o‘rni” nomli amaliy loyihaning “O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atida islom falsafasi” deb nomlangan 2-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2021 yil 8 sentyabrdagi 03-09/29-1306-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning zamonaviy yog‘och o‘ymakor ustalar ijodidagi an’anaviy bezaklar va innovatsion badiiy jaryonlarning ilmiy asoslanilishiga xizmat qilgan;
Samarqand, Buxoro, Marg‘ilonda tarixiy binolar va ulardagi naqshlar hamda bog‘ ko‘rinishini ifodalovchi mavzularda ipak gilamlar ishlab chiqarish urfga kirgani, Surxondaryoda “gajari”, “terma”, “qoqma”, “taqir gilam”lar, Qashqadaryoda “bozor gilam”, “arabi gilam”, kabi buyumlar tabiiy ranglardagi iplardan to‘qilib, qadimgi an’analarga xos badiiylik va sifat darajasini saqlab kelayotgani asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-2017-0930403-raqamli “Yoshlarni ma’naviy immunitetini mustahkamlashda islom tasviriy san’atining o‘rni” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2021 yil 8 sentyabrdagi 03-09/29-1306-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha mustaqillik yillarida Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon, Qashqadaryo va Surxondaryo gilamdo‘zligidagi badiiy jarayonlarning amaliy va innovatsion xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida kulolchilikda buyumlarni sirlash tehnologiyasida “ishqor” siri asosiy o‘ringa chiqqanligi va qirqbo‘g‘in, gulob, sara buyrak, chor oynak, chog‘on kabi o‘simliklardan tabiiy bo‘yoq olish ommalashganligi bo‘yicha olingan natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 avgustdagi 40-40-1381-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvda  mustaqillik yillaridagi badiiy hunarmandchilikka oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlar, xususan kulolchilikdagi kuzatilayotgan ijodiy o‘zgarishlar keng  yoritilishiga xizmat qilgan;
kashtachilikda “yak moxu chor shox”, “chor chiroq”, “to‘rli”, “rombsimon nusxa”, “erkin naqsh”, “chiziqli nusxa” kabi an’anaviy badiiy kompozisiyalarning “turk osmon lola guli” naqshlari xamda Sharq miniatyura san’ati uyg‘unligida so‘zanalar, yostiq jildlari, milliy ayollar sumkalari va ustki kiyimlarida naqsh turi sifatida qo‘llanilayotgani bo‘yicha olingan natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 avgustdagi 40-40-1381-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv kashtachilikdagi kompozisiya uslublari, mavzulari hamda badiiy xususiyatlarining ochib berilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish