Turniyazov Behzod Nigmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasi», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fil177.      
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili materiallari asosida so‘z, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari, sodda gap, MSQ (murakkab sintaktik qurilma), makromatn shaklidagi mikro- va makrokauzativ qurilmalarning derivatsion hamda makrokauzatsiyaning pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi tobe komponenti mazmuniga ko‘ra shart, to‘siqsizlik, natija ifodalovchi murakkab sintaktik qurilmalar, undash ma’nosidagi gaplar, fe’lning orttirma, o‘zlik nisbati, buyruq-istak mayli kategoriyalari kauzaderivatsiyaning ish mexanizmlarini tashkil etishi dalillangan;  
derivatsiyaning kauzaderivatsiya turi mavjudligi aniqlanib, bu vaziyatda operator asosiy unsur vazifasini bajargani tufayli kauzativ qurilmalar tarkibiy qismlarini derivativ munosabatga olib kiruvchi vositalarning kauzaoperator maqomida kelishi isbotlangan;
analitik vositalar morfologiyaning o‘rganish ob’ekti bo‘lganligi bois, analitik usuldagi kauzativlikning sintaktik emas, balki morfologik kauzatsiyaning analitik turi ekanligi isbotlangan;
makromatn qamrovida ham kauzativizatsiya vaziyati yuzaga kelishi mumkinligi va bunda faktivlik hamda permissivlik holatlari namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
kauzativlikning ifodalanishida pragmatik jihatdan paralingvistik vositalar operandlari ham derivativ munosabatga kirisha olishi, bunda kauzasemantik derivatsiya voqelanishi, mazkur jarayon mantiqiylikning hodisaviy tahlil modeliga tayanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tobe komponenti mazmuniga ko‘ra shart, to‘siqsizlik, natija ifodalovchi murakkab sintaktik qurilmalar, o‘zbek ertak va dostonlarda uchraydigan kauzativ qurilmalarni tahlili orqali olingin xulosalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 oktyabrdagi 17.01/236-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ozaki ijodi namunalarini kauzaderivativ rejada sintaktik, semantik, pragmatik jihatdan tahlil etishga erishilgan;
qadimgi qabilalar ijodiy mahsuli bo‘lgan piktografik yozuv asosidagi matnlarda totemlar tasviri bilan ifodalangan kauzativ qurilmalar tahlili xulosalaridan FA-F1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 oktyabrdagi 17.01/236-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganishda kauzativlikka asoslangan qadimgi matnlarning tadqiqi alohida o‘rin egallashi aniqlangan;
sabab, natija, undash ma’nolarini ifodalovchi sintaktik qurilmalar hamda fe’lning buyruq mayli, orttirma nisbati shakllari, kauzator, kauzant, konsekvent munosabatlari, mikro- va makrokauzativ qurilmalarning derivativ voqelanishi xususidagi natijalardan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-Tempus-JPCR Aston Universiti DeTEL «Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching throung the development of blended Masrers Programmes» loyihasining amaliy qismida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 9 noyabrdagi 2834/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida olib borilgan tadqiotlarning tahlil qismida sabab, natija, undash ma’nolarini ifodalovchi sintaktik qurilmalar hamda fe’lning buyruq mayli, orttirma nisbati shakllari kauzativ derivatsiyaning ish mexanizmlarini tashkil etishi aniqlandi. Ushbu natijalardan magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarda o‘quv materiali sifatida foydalanilgan;
makromatn qamrovida ham kauzativizatsiya vaziyati yuzaga kelishi mumkinligi va bunda faktivlik hamda permissivlik holatlari tahlili natijasidan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining amaliy qismida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 9 noyabrdagi 2835/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasi xususidagi ilmiy nazariyaning o‘zbek tili materiallari asosida ilk bor yoritilishi bilan tilshunoslikning mazkur sohasini xalqarolashtirishda katta hissa qo‘shilgan;
zamonaviy tilshunoslikda aloqa vositalarining belgilari semiotika bo‘limida o‘rganilishi, insonning belgiga bo‘lgan munosabati esa pragmatik omillar nuqtai nazaridan tekshirilishi, bu kauzativlikning kommunikativ jarayon bilan chambarchas bog‘liq ekanligi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqot loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 9 dekabrdagi 3331/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratishni o‘rganishda, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiy etishida struktur tilshunoslik metodlaridan derivatsion metod yetakchilik qilishi asoslangan va u kauzativ derivatsiya to‘g‘risidagi nazariy fikrlar bilan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish