Teshabaeva Zamira Sobirovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirish texnologiyalari”(“Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” modulini o‘qitish misolida), 13.00.08-Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4. PhD /Ped925.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSs), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.  
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbatxon To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori (DSs), dotsent; Asqarova O‘g‘ilxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini    shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari talabalarda yuzaga keluvchi metodik bo‘shliqlarni prognostik tahlil qilishga mo‘ljallangan individual kasbiy rivojlanish dasturini “talaba-talabaga ustoz” yondashuvi orqali maqbullashtirish asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy motivatsiyani shakllantirish texnologiyalari malakaviy va pedagogik amaliyot jarayoniga talabalarning ijodiy metodik ishlanmalarini tayyorlashga mo‘ljallangan musiqa terapiya, ertak terapiya kabi art pedagogika elementlarini integrativ tarzda kiritish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini  shakllantirishning funksional modeli ehtiyojga yo‘nalganlik motivatsiya kategoriyasi bilan pedagogik faoliyatni tashkil etish metodik tizimi o‘rtasidagi aloqadorlikning manfaatli impul`sini barqaror ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish jarayonining didaktik ta’minoti maktabgacha ta’lim o‘quv jarayonida bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatishning erkin tanlov, sahna va hayot uyg‘unligini his qilish tamoyillariga psixologik jihatdan ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari talabalarda yuzaga keluvchi metodik bo‘shliqlarni prognostik tahlil qilishga mo‘ljallangan individual kasbiy rivojlanish dasturini talaba-talabaga ustoz yondashuviga oid taklif va tavsiyalari asosida “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada, bo‘lg‘usi tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirish mezonlari, darajalari hamda ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
kasbiy motivatsiyani shakllantirish texnologiyalari malakaviy va pedagogik amaliyot jarayoniga talabalarning ijodiy metodik ishlanmalarini tayyorlashga mo‘ljallangan art pedagogika elementlarini  integrativ kiritish imkoniyatlaridan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 fevraldagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” modulini kasbiy motivatsiyani shakllantirishga yo‘naltirib o‘qitishning izchilligi, uzviyligi va tizimliligi ta’minlangan;
bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini  shakllantirishning funksional modeli ehtiyojga yo‘nalganlik motivatsiya kategoriyasi bilan pedagogik faoliyatni tashkil etish metodik tizimi o‘rtasidagi aloqadorlikning manfaatli impul`sini ta’minlashga oid takliflaridan “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 30 oktyabrdagi 648-son bayonnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning dasturiy-texnik komponentlarini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish jarayonining didaktik ta’minoti maktabgacha ta’lim o‘quv jarayonida bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatishning erkin tanlov, saxna va hayot uyg‘unligini xis qilish tamoyillariga tayanishga oid xulosa va takliflardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O'zbekiston” teleradiokanali DM 2021 yil 29 oktyabrdagi 1692-son ma’lumotnoma). Natijada, tavsiya qilingan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar ko‘rsatuv ssenariysiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish va tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy motivatsiyasini oshirish bilan bog‘liq mazmunni singdirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish